AsosiyJamiyat

Qidiruvdagi o‘zbekistonlik sobiq mansabdor o‘n yildan so‘ng Turkiyada qo‘lga olindi

U 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan.

'Qidiruvdagi o‘zbekistonlik sobiq mansabdor o‘n yildan so‘ng Turkiyada qo‘lga olindi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan Xaticha Musoyevna Jafarova Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining xabariga ko‘ra.1951 yilda tug‘ilgan ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Turkiyada qo‘lga olingan. U 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan. 

Ushbu sobiq mansabdor jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2014 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar