Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, zilzila soat 21:12 da qayd etilgan. Yer silkinishining magnitudasi 6 ni tashkil etgan bo‘lib, o‘choq chuqurligi 207 km bo‘lgan. Epitsentr Afg‘onistonning Badaxshon hududida, Toshkentdan 526 km janubi-sharqda joylashgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Yer silkinishi quyidagi kuch bilan qayd etildi:
— Surxondaryo viloyatida 3 ball (314 km)
— Farg‘ona viloyatida 2–3 ball (420 km)
— Sirdaryo viloyatida 2–3 ball (457 km)
— Jizzax viloyatida 2–3 ball (457 km)
— Samarqand viloyatida 2–3 ball (468 km)
— Andijon viloyatida 2–3 ball (477 km)
— Namangan viloyatida 2–3 ball (485 km)
— Qashqadaryo viloyatida 2–3 ball (499 km)
— Toshkent viloyatida 2–3 ball (520 km)
— Toshkent shahrida 2–3 ball (526 km).






