AsosiyJamiyat

Bankrotlik tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Prezidentga tadbirkorni tugatish emas, saqlab qolishga qaratilgan yangi yondashuvlar taklif qilindi.

'Bankrotlik tizimi qayta ko‘rib chiqiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda amaldagi tizim korxonani tiklashdan ko‘ra, uni tugatishga ko‘proq yo‘naltirilgani tanqid qilindi.

Qayd etilishicha, moliyaviy qiyin ahvolga tushgan 93 ming tadbirkordan faqat 10 mingtasi bo‘yicha bankrotlik ishlari qo‘zg‘atilgan, sanatsiya mexanizmlari esa deyarli ishlamayapti.

Yangi takliflarga ko‘ra, maxsus agentlik tashkil etish, sud boshqaruvchilari faoliyatini kuchaytirish va jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, qiyin ahvolga tushgan biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlarni kechiktirish, restrukturizatsiya qilish va davlat ko‘magidagi sanatsiya choralarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar