Zarur masalliqlar: 300 gr. pentuza, 20 ta qisqichbaqa tayoqchasi, 1 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim bog` kinza, 4 osh qoshiq kunjut yog`i, 1 osh qoshiq soya qaylasi, limon sharbati, zanjabil novdasi, qizil murch.
Tayyorlanishi: 1. Pentuzani qaynatilgan suvga solib, 2 daqiqa qo`ying. Keyin suvini yaxshilab silqiting.
2. Sarimsoq piyoz, zanjabil novdasi va kinzani maydalab to`g`rang.
3. Kunjut yog`ini qizdirib, sarimsoq piyoz va zanjabil novdasini soling. Ozgina qovurgach, qisqichbaqa tayoqchalarini ham soling. Kinza va limon sharbatini ham qo`shib, 1 daqiqa past olovda qoldiring.
4. Pentuzani qisqichbaqa tayoqachalari bilan aralashtirib, soya qaylasi va qizil murch soling-da, dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.





