AsosiyJamiyat

Raqobat qo‘mitasi birjada AI-80 benzini narxining yuqori chegarasini o‘rnatdi

Noyabr oyida yoqilg‘i narxi bir tonna uchun 10 mln so‘mdan oshib ketdi. Yaqinda propanga ham xuddi shunday cheklov joriy qilindi.

'Raqobat qo‘mitasi birjada AI-80 benzini narxining yuqori chegarasini o‘rnatdi'ning rasmi

Raqobat qo‘mitasi tovar-xomashyo birjasida AI-80 avtomobil benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi. 

Qo‘mitaning 12-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab AI-80 benzini narxining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 5% miqdorida o‘sishiga cheklov joriy etildi. Bundan tashqari, bitta qo‘lga 4 tonna benzin sotish cheklovi ham saqlab qolinadi.

Shunday qilib, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqargan benzinning dastlabki narxi bir tonnasi uchun 8 931 005 so‘mni tashkil etsa, joriy etilgan cheklovni hisobga olgan holda bir tonna benzinning eng yuqori narxi 9 377 555,25 so‘mga teng bo‘ladi.

Noyabr oyida AI-80 benzinining birja narxi bir tonna uchun 10 mln so‘mdan oshib ketdi. Hozirgi kunda yoqilg‘i taxminan shu narx doirasida sotilmoqda, taklif esa barqaror ravishda 2,2 ming tonnadan yuqori bo‘lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar