Zarur masalliqlar (20 dona uchun): 500 ml. sut, 200 gr. margarin, 4 stakan un, 1 stakan shakar, 4 dona tuxum, 1 choy qoshiq xamirturush, tuz. Ichiga solishga: 600 gr. tvorog, murabbo.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan sutga xamirturush va unning yarmini aralashtirib soling-da, xamir tayyorlang. Xamirni ustidan sochiq bilan yopib, 40 daqiqa issiq joyda qo`ying.
2. Tuxum sarig`ini oqidan ajratib, shakar bilan aralashtiring. Oqini esa tuz bilan ko`pirtiring. Oshirilgan xamirga tuxum sarig`ini qo`shing. Keyin xona haroratida yumshatilgan sariyog`, ko`pirtirilgan tuxum oqi va oxirida qolgan unni solib, xamir tayyorlang. Sochiqqa o`rab, 1 soat tindiring.
3. Xamirni yoyib, uchburchak shakllar kesib oling. Tvorog va murabbodan solib, rogaliki shaklida o`rang. Yog`langan qolipga terib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 3 soat.





