AsosiySUG'DIYONA

Go`zallik qirolichalari yondaftaridan

  1. Agar tanlagan tonal asosingiz teri rangidan to`qroq bo`lsa, unga biroz yumshatuvchi krem qo`shib ochroq tus berishingiz mumkin.
  2. Ko`z ostidagi qopchalarni pardoz yordamida bekitaman desangiz, konsillerni uchburchak qilib surting.
  3. Kipriklarni qayirgach, natija uzoqroq saqlanib qolishini istasangiz, moslamani fen yordamida biroz qizdirib oling.
  4. Ko`zlardagi charchoqni yashirish uchun pastki qovoqqa oq rangdagi qalam surting.
  5. Sochlaringiz ko`proq ko`rinishini istasangiz, farq orasiga jilosiz sochingiz rangiga mos ten surting.
  6. Yumshatuvchi kremingiz tezroq singishini istasangiz, surtishdan avval yuzni engil shapatilab qo`ying.  
  7. Yaltiroq lakingizni jilosizlantirishni istasangiz, unga biroz makkajo`xori unidan qo`shing va yaxshilab aralashtiring.
  8. Labga jilo beruvchi bo`yog`ingizga 1-2 tomchi yalpiz moyidan qo`shsangiz, lab hajmini kattaroq ko`rsatadi.

 

Boshqa yangiliklar