1

Baliqli pirog - bir tayyorlab ko`ring-a!

SUG'DIYONA 07.12.2016, 15:21
Teglar: Taom
Baliqli pirog - bir tayyorlab ko`ring-a!

Zarur masalliqlar:  250-300 gr. un, 180 ml. suv, 1 osh qoshiq xamirturush, 1 osh qoshiq zaytun yog`i, 1 choy qoshiqdan tuz va shakar. Ichiga: 700-800 gr. baliq go`shti, yarimta limon bo`lagi, yarim bog` ko`kat.

Tayyorlanishi: 1. Chuqurroq idishga bir necha osh qoshiq iliq suv solib, shakar, tuz va xamirturush bilan aralashtiring-da, 15-20 daqiqaga qoldiring. So`ng ustidan zaytun yog`i, suvning qolgan qismi va undan solib, yumshoq xamir qoring.

2. Baliqni ustidagi tangachalardan tozalab, qanot va bosh qismini olib tashlang. Qorin qismidan asta kesib, ichini Ham yaxshilab tozalang. Baliqning usti va ichiga limon sharbatini surtib, tuz, murch va mayda to`g`ralgan ko`katlar bilan marinadlang.

3. Oshgan xamirni gaz pechi patnisiga olib, qo`l barmoqlari bilan tekislab yoying. Xamirning o`rtasiga baliqni qo`yib, chetini ikki tarafidan qayiring. Uchlarini bir-biriga burab, mustaHkamlang-da, baliq shaklini yasang.

4. Pirog yuzasiga atalangan tuxumdan surtib, 200 daraja Haroratda qizigan gaz pechida 40 daqiqa pishiring.

Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.  

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1