1

Kameron Diasdan chiroyli qomat sari 6 qadam

SUG'DIYONA 07.12.2016, 17:17
Teglar: Ayol, Aktrisa, Go`zallik
Kameron Diasdan chiroyli qomat sari 6 qadam

Gollivud aktrisasining xushbichim ko`rinish siri nimada ekanligini bilasizmi? Biz buni aniqladik! Marhamat, Kameron Diasning mashg`ulotlar dasturi bilan tanishing!

1-qadam:

Oyoqlarni elka kengligiga moslang. Asta-sekin pastga engashing. Qo`llaringiz polga tekkach, oyoqni harakatlantirmay, kaftingiz bilan «qadam» tashlang. 3 soniya shu holatda turgach, qaddingizni rostlaysiz. Mashq 10 marta bajariladi.

2-qadam:

Tik turgan holatda gantellarni qo`lga oling. Bir oyoqni yon tarafga yozib, bo`ksa bilan pastga engashing. Bunda qo`llar ham pastga tushiriladi. So`ng yana ko`tarilasiz. Mashq har bir oyoqda 4-5 martadan bajariladi.

3-qadam:

«To`rt oyoqlab» turing. Chap qo`lingizga mashq gantelini olib, o`ng oyoqni tekislang-da, yuqoriga ko`taring. Mashqni bir oyoqda 10 marta bajargach, holatni o`zgartirasiz. Endigi gal o`ng oyoqqa.

4-qadam:

Poldan tortilish mashqini bajaramiz. Bunda ham mashq gantellaridan foydalansangiz, qo`l mushaklariga yuklama tushishi ortadi. Chap qo`lingizdagi mashq gantelini belga yaqinlashtirgan holatda ko`tarib, tushirasiz. Mashqni har bir qo`lda 5 martadan bajarish kifoya.

5-qadam:

Kurakka yotib, tizzalarni buking. Avval o`ng oyoqni yuqoriga ko`tarib, tushiring. So`ng chapini ishga tushirasiz. Mashq har bir oyoqda 6 martadan bajariladi.

6-qadam:

Chap yonboshingizga joylashing. Tana og`irligini tirsakka tashlab, o`ng oyoq va qo`lni yuqoriga ko`taring. Mashqni har bir oyoqda 8 martadan takrorlaysiz. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1