AsosiyDunyo

Falastinning muvaqqat prezidenti aniq bo‘ldi

Falastin muxtoriyati rahbari biror sababga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmasa, uning vakolatlari va vazifalari kimga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

'Falastinning muvaqqat prezidenti aniq bo‘ldi'ning rasmi

Falastinning muvaqqat prezidenti tayinlandi. Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos, agar biror sababga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmasa, uning vakolatlari va vazifalari Falastin milliy kengashi rahbari Ravhi Fattuhga o‘tishini aytdi.

Isroilning Jerusalem Post gazetasi yozishicha, Mahmud Abbos “agar bu lavozim bo‘shab qolsa” uning o‘rniga Ravhi Fattuh tayinlanishini e’lon qilgan. Fattuh 90 kunlik vakolatga ega bo‘ladi, bu muddat davomida saylov o‘tkazilishi kerak.

Mahmud Abbosning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Fattuh o‘nlab yillar davomida “Fath”partiyasining parlament blokini boshqargan muhim siyosiy maslakdosh hisoblanadi. 

Mahmud Abbos qarorida ta’kidlashicha, agar saylovlar o‘tkazilmasa, Falastin Markaziy Kengashi (FMK) uning vakolatlarini yana 90 kunga uzaytirishni tanlashi mumkin, ammo undan ko‘pga emas.

FKK Falastin Ozodlik Tashkilotining siyosiy faoliyatini belgilab beruvchi idoralardan biri hisoblanadi. Hozirda Ravhi Fattuh unga raislik qiladi.

Fattuh bundan avvalroq, 2004 yilda Yosir Arofat vafotidan keyin biroz muddat muvaqqat prezident lavozimida ishlagan: u 2004 yilning noyabridan saylovlar bo‘lib o‘tgan yanvar oyigacha bu lavozimda faoliyat yuritgan edi.

2022 yilda Haaretz nashrining tahlilchisi Jek Huri, Abbosning ehtimoliy vorislari ko‘rib chiqilayotganda Ravhi “zerikarli va siyosiy ta’siri yo‘q yoki hukmronlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lmagan” nomzod sifatida ko‘rilganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Ravhi Fattuh 1949 yilda G‘azo sektoridagi Rafah qochqinlar lagerida tug‘ilgan. 1968 yilda Fathning qurolli qanoti - keyinchalik “Al-Aqso shahidlari brigadasi” deb nomlangan “Al-Asifa” guruhiga qo‘shilgan. Shundan so‘ng u 1970 yilda o‘rta maktabni tamomlash Iordaniyaga qaytdi, keyin esa harbiy tayyorgarlik uchun Iroqqa yuborildi.

Fattuh 1979 yilda Damashq universitetini ingliz tilida o‘qib chiqib, bakalavr diplomini olgan.

Ta’kidlash lozim, Mahmud Abbos va ma’muriyatining Falastinni boshqarish va himoya qilish borasidagi huquqlari Isroil tomonidan maksimal darajada cheklangan.

Masalan, 2024 yil 22 avgust kuni Mahmud Abbos G‘azo sektoriga borib, vaziyatni o‘rganmoqchi bo‘lganida, Isroil hukumati bunga ruxsat bermagan edi.

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy “bu holat G‘azo sektori ham Isroil tomonidan to‘laqonli istilo qilinganini isbotlaydi” degan edi o‘shanda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Avstraliya senatori parlamentga burka kiyib keldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:05

    Avstraliya senatori parlamentga burka kiyib keldi

    Uning bu harakati musulmon kiyimiga taqiq joriy qilish taklifini qo‘llab-quvvatlagani bilan bog‘liq.

    'DOGE departamenti Ilon Mask ishtirokida tuzilgan muddati tugamasdan yopildi'ning rasmi

    Dunyo 24.11.2025 17:46

    DOGE departamenti Ilon Mask ishtirokida tuzilgan muddati tugamasdan yopildi

    Trump tashabbusi bilan byurokratiyani qisqartirish maqsadida tuzilgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) faoliyatini sakkiz oy qolganiga qaramay to‘xtatdi.

    'O‘zbekiston chegaralaridan 600 yaqin hayvonlar olib o‘tishga urinishgan. Ular orasida nobud bo‘lganlari ham bor.'ning rasmi

    Dunyo 24.11.2025 16:54

    O‘zbekiston chegaralaridan 600 yaqin hayvonlar olib o‘tishga urinishgan. Ular orasida nobud bo‘lganlari ham bor.

    CITES CoP20 konferensiyasi doirasida asrash masalasi haqida gap kelganda ularni kontrabandasi va noqonuniy chegaralardan olib o‘tish va sotish kabi muammolar alohida muhim ahamiyatga ega.

    'Hind kinosi afsonasi Dharmendra 89 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 24.11.2025 16:45

    Hind kinosi afsonasi Dharmendra 89 yoshida vafot etdi

    U bir necha hafta muayyan salomatlik muammolari sabab davolanib kelayotgan edi.

    'Qirgʻizistonda qulagan qon ostida qolgan toʻrt konchi tirik holda qutqarib olindi'ning rasmi

    Dunyo 24.11.2025 15:45

    Qirgʻizistonda qulagan qon ostida qolgan toʻrt konchi tirik holda qutqarib olindi

    Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.

    'Buxoroda IIV xodimi oila aʼzolari bilan birga nomaʼlum moddaning taʼsiridan halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 24.11.2025 15:12

    Buxoroda IIV xodimi oila aʼzolari bilan birga nomaʼlum moddaning taʼsiridan halok boʻldi

    Buxoro shahridagi koʻp qavatli uyda yashagan ichki ishlar xodimi, uning turmush oʻrtogʻi va ikki qizi vafot etdi.