BBC nashrining yozishicha, Kvinslend senatori Polin Xanson qora burka kiyib parlamentda chiqishi bilan yana bir bor e'tibor markaziga tushdi. Uning bu harakati senat uning qonun loyihasini rad etganidan keyin namoyish sifatida amalga oshirildi. Xanson loyihasi omma joylarda to'liq qiyofani yopib yurishni taqiqlashni nazarda tutardi.
Harakatga musulmonlar va boshqa senatorlar keskin munosabat bildirdi. Nyu Saut Uelsdan musulmon Grins senatori Mexrin Faruki bu harakatni "ochiq-oydin irqchilik" deb atadi. G'arbiy Avstraliyadan mustaqil senator Fatima Payman esa buni "uyatli harakat" deb baholadi.
Tashqi ishlar vaziri Penni Vong bu harakatni "hurmatisizlik" deb atagan va Xansonni parlament a'zosi sifatida munosib emas deb hisoblagan. Xanson Facebook sahifasida: "Agar ular mening burka kiyishimni istamasa, uni taqiqlasin" deb yozdi.
Ma'lumot uchun, Xanson 2017 -yilda ham burka kiyib parlamentda chiqqan va milliy taqiq talab qilgan. U 2016 yilda senatga qilgan nutqida mamlakatni "musulmonlar bosib olayotgan" tahdidi haqida gapirgan, bu 1996-yildagi "osiyoliklar bosib olayotgan" degan bahsli nutqini eslatadi.






