23 noyabr kuni Buxoro shahri Hamza ko‘chasida joylashgan 15-uidagi xonadonlardan birida yashagan 1982 yilda tug‘ilgan erkak, uning 1985 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda voyaga yetmagan ikki qizi topilgan holida vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Sud-tibbiy ekspertlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumlar nomalum etiologiyali zaharlanish oqibatida o‘tkir nafas yetishmovchiligi va yurak-qon tomir faoliyatining to‘xtashi sabab hayotdan ko‘z yumgan.
Hodisa yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmogda.






