Turkiyaning Isparta shahri Kechiborlu tumani markazida ikki vertolyotning to‘qnashuvi natijasida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda TRT nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, vertolyotlar o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida 5 nafar askar halok bo‘lib 1 nafari jarohatlangan.
"Boshqa harbiy vertolyotning ham eson-omon qo‘ngani ma’lum qilindi. Voqea joyiga tez yordam va o‘t o‘chirish brigadalari jo‘natildi. Tergov jarayonlari davom etmoqda", – deyiladi xabarda.