AsosiyDunyo

Eron raketa va bunkerlarni tiklashda davom etmoqda

Bu haqda AQSh razvedkasi hisobotlariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

'Eron raketa va bunkerlarni tiklashda davom etmoqda'ning rasmi

Amerika va Isroil hujumlaridan so‘ng Eron o‘z yerosti bunkerlari va raketa shaxtalarini bir necha soat ichida tiklamoqda. Bu haqda AQSh razvedkasi hisobotlariga tayanib, "The New York Times" xabar berdi.

Hisobotda aytilishicha, Tehron katta miqdorda raketalar va mobil uchirish qurilmalarini saqlab qolgan. Bu holat harbiy kampaniyaning asosiy maqsadlaridan biri – Eronning raketa salohiyatini yo‘q qilish amalga oshganini shubha ostiga qo‘yadi.

Pentagon Eron hujumlari shiddati pasayganini va buni Tehron arsenali kamayishi bilan bog‘lagan, ammo razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Eron urush davom etsa yoki tugasangina bosim o‘tkazish qobiliyatini saqlash uchun ko‘plab uchirish qurilmalarini bunkerlar va g‘orlarda yashirib kelmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, Tehron qolgan ballistik raketalar va uchirish qurilmalaridan Isroil va mintaqadagi boshqa davlatlarga zarba berish imkoniyatini saqlab turibdi. Shu bilan birga, Eron "yolg‘on nishonlar"dan faol foydalanmoqda, shu bois AQSh vayron qilingan qurilmalarning qanchasi haqiqiyligini aniq aytolmaydi.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar shiddati pasayganiga qaramay, Eron Isroil va AQSh bilan bog‘liq ob’yektlarga kuniga 15–30 ta ballistik raketa va 50–100 ta kamikadze dronlarni uchirishda davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eronda AQSh ekipaj aʼzosi qidirilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:21

    Eronda AQSh ekipaj aʼzosi qidirilmoqda

    Eronda AQSh ekipaj aʼzosini qidirayotgan qutqaruv guruhi ogʻir va xavfli operatsiya olib bormoqda.

    'Abu-Dabidagi Habshan gaz majmuasi yong‘in sababli to‘xtatildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:02

    Abu-Dabidagi Habshan gaz majmuasi yong‘in sababli to‘xtatildi

    Abu-Dabida joylashgan yirik Habshan gaz majmuasiga hujum amalga oshirildi.

    'Afg‘onistonda Hindukush tog‘laridagi zilzilada 8 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:56

    Afg‘onistonda Hindukush tog‘laridagi zilzilada 8 kishi halok bo‘ldi

    Kobul chekkasida bir oilaning sakkiz nafar a’zosi halok bo‘lgan.

    'Fransiyaga tegishli kema Hormuz boʻgʻozidan oʻtdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:34

    Fransiyaga tegishli kema Hormuz boʻgʻozidan oʻtdi

    Urush boshlandan beri ilk Yevropa kemasi Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi.

    'Zelenskiy: Rossiya “Pasxa eskalatsiyasi”ni tanladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:08

    Zelenskiy: Rossiya “Pasxa eskalatsiyasi”ni tanladi

    Vladimir Zelenskiy Rossiyani oʻt ochishni toʻxtatish oʻrniga “Pasha eskalatsiyasi”ni tanlaganlikda aybladi.

    'AQShda ish o‘rinlari mart oyida kutilmagan darajada oshdi'ning rasmi

    Dunyo 03.04.2026 16:57

    AQShda ish o‘rinlari mart oyida kutilmagan darajada oshdi

    AQSH mehnat departamenti ma’lum qilishicha, ish beruvchilar 178 mingta yangi ish o‘rni yaratgan.