AsosiyJAMIYAT

Chust oshiga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Adliya vazirligi ma'lumotiga ko'ra, geografik ko'rsatkich maqomi Chust oshi nomi va uning an'anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish imkonini beradi.

'Chust oshiga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi'ning rasmi

Namangan viloyatining Chust tumaniga xos bo‘lgan mashhur palov — Chust oshiga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chust oshi nafaqat o‘zining betakror ta’mi, balki ko‘p asrlik oshpazlik an’analari bilan ham ajralib turadi. Taomning o‘ziga xosligi hududning mikroiqlimi, shuvoq va yovvoyi o‘tlar bilan boqilgan qora qo‘chqorlar go‘shti hamda G‘ovasoy va Kosonsoy havzalarining yumshoq buloq suvlari bilan bog‘liq.

Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, geografik ko‘rsatkich maqomi Chust oshi nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish imkonini beradi.

Shuningdek, mazkur maqom mahsulotning belgilangan sifat standartlariga muvofiqligini tasdiqlab, hududning gastronomik brendini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Andijon devzira oshi” ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat reestriga kiritilgan edi.

    Boshqa yangiliklar