1

Tayyor qatlama xamirdan 5 xil pishiriq

SUG'DIYONA 09.12.2016, 11:06
Teglar: Taom, SUGDIYONA
Tayyor qatlama xamirdan 5 xil pishiriq

Har tong nonushtaga tuxum qaynatish yoki qovurishdan zerikdingizmi? Unda sizga tayyor qatlama xamirdan tez tayyorlanadigan pishiriqlar resepti asqatadi! Oddiy va oson tayyorlanadigan nonushtabop eguliklarni albatta pishirib ko`ring!

1. Sariyog`li. 250 gr. tayyor qatlama xamirni olib, yoying. Keyin uchburchak shaklda kesing. 2 osh qoshiq sariyog` va 1 osh qoshiq shakarni aralashtirib,   kesilgan uchburchak shakladgi xamirlarga surting. 190 darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqada pishadi.

2. Yong`oqli. 500 gr. qatlama xamirni un sepib, yoying-da, o`rtasidan ikkiga bo`ling. 100 gr. shakar, 1 osh qoshiq dolchin, 1 stakan maydalangan yong`oq va yarim stakan mayizni aralashtiring. Keyin kesilgan xamirlarga aralashmani soling-da, rulet shaklida o`rang. Ruletni 1,5-2 sm. kattalikda to`g`rab, yog`langan patnisga tering. 190 darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqada pishadi.

3. Olcha murabboli. 250 gr. qatlama xamirni ozgina yoyib, 10-12 cm.lik to`rtburchak shakllar kesing. Har biriga ko`pirtirilgan tuxum surtib, 2 osh qoshiq olcha murabossidan solib chiqing. Keyin ozgina kraxmal seping-da, tuging. Atrofini sanchqi yordamida shakl bering. Ustiga tuxum sarig`i surtib, yog`langan qolipga tering. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqada pishadi. Pishgach, yuziga qand upasi seping.

4. Olmali. 500 gr. qatlama xamirni yoyib, 5 sm. kattalikdagi to`rtburchak shakllar kesib oling. 4 ta olmani mayda to`rtburchak shaklda to`g`rang. 2 osh qoshiq sariyog`ni qizdirib, past olovda olmani qovuring. Keyin 100 gr. mayiz ham qo`shing. Yarim stakan shakarga bir choy qoshiq dolchinni aralashtirib,  qovurilgan olmaga qo`shing. Keyin olmali aralashma kesilgan xamirlarga solib, xat shaklida tuging. 190 darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqada pishadi.

5. Pishloqli. 250 gr. pishloqni qirg`ichdan o`tkazing. 1 dona tuxum va 2 osh qoshiq sariyog` qo`shib, yaxshilab aralashtiring. Qatlama xamirni bo`laklarga ajratib, 10 ta to`rtburchak shakl kesib oling. Keyin pishloqli aralashmadan solib, tuging. Yog`langan qolipga terib, 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo`ying.

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1