AsosiyJamiyat

Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi

'Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi'ning rasmi

“Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-443-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

  • sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;
  • sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;
  • Har bir ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta’lim muassasalari biriktiriladi;
  • Ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner o‘ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazib borishga mas’ul hisoblanadi.

2025/2026 o‘quv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:

  • sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;
  • mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo‘yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo‘naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
  • mahorat maktablari o‘quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 7–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi;
  • mahorat maktablari o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi;
  • mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston va AQSH strategik sherikligini chuqurlashtiradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:36

    Oʻzbekiston va AQSH strategik sherikligini chuqurlashtiradi

    Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari mamlakati mizdagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.

    'O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharqqa parvozlar vaqtincha to‘xtatildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:41

    O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharqqa parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

    Yaqin Sharqda keskin vaziyat sabab qator davlatlarga amalga oshiriladigan aviaqatnovlar vaqtincha bekor qilindi. Cheklovlar muddati hozircha ochiqlanmagan.

    'Toshkentda 2 tezkor xodimga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:13

    Toshkentda 2 tezkor xodimga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Toshkent shahar IIBBning 2 nafar tezkor xodimi o‘z xizmat mavqeini suiiste'mol qilgan holda pora talab qilishi va noqonuniy harakatlari fosh etildi.

    'O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:19

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank 4 martdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

    '13 o'zbekistonlik Erondan olib chiqildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:11

    13 o'zbekistonlik Erondan olib chiqildi

    Fuqarolar Turkmaniston orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

    '8 martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:47

    8 martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

    Bu yil Xalqaro xotin-qizlar kuni yakshanba to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni ko‘chiriladi.