1

Burun ko`rinishi – fe`lingizdan so`zlaydi

SUG'DIYONA 09.12.2016, 11:17
Teglar: Ayol, SUGDIYONA
Burun ko`rinishi – fe`lingizdan so`zlaydi

Bu safar burningizning shakliga qarab, xarakteringizdagi ayrim jihatlarni aniqlaymiz.

1.    Uzun, bir tekis burun. Yon qanoti deyarli tekis, uchi esa pastga qaragan bo`ladi. Ko`pincha uzun burunli insonlar, juda qiziquvchan, optimist bo`lishadi. Ular o`zgalarga yordam berishga doim shaylar. Shuningdek uzun burunli insonlar atrofidagilarda qiziqish uyg`otadi. Ular haqida yana bir ma`lumot: har qanday muammoga echim topishga ustalar.

2.    Grekcha burun. Shaklan ingichka, uzun va to`g`ri tuzilgan. «Grek»lar har doim ham diqqat markazida bo`lishni istamaydilar. Ular juda tejamkor va yaqinlariga sodiqdirlar. Bunday burun egalari o`z tuyg`ulari haqida gapirishga qiynaladilar, shuning uchun bunday insonlar odamovi ko`rinishadi.

3.    Qayrilma (ilmoqsimon) burun. Bu turdagi burunni ko`pchilik qush tumshug`iga o`xshatadi. Burunning yon qanoti egilgan, uchi esa pastga qaralgan bo`ladi. Qayrilma burun egalari yangilik yaratishga o`ch va fidokor kishilardir. Ular o`z prinsiplarini ehtiros bilan himoya qilishga tayyor turishadi. Maqsadlariga erishish uchun esa tavakkal qilishdan cho`chishmaydi.

4.    Arkali burun. Uning ko`rinishi  qayrilma burunga juda o`xshaydi, ammo uchi qirraliroq. Bunday burun egalari zo`r tashabbuskorlar. Ular o`z ishlariga doimo xaqgo`ylik va ma`suliyat bilan yondashadilar va zarur cho`qqilarni doimo zabt etadilar.

5.    Tugmacha burun. Juda kichkina va bejirim burun. Eng keng tarqalgan burun turi. Tugmacha burunlilar har qanday qarorni o`zlari qabul qilishadi. Atrofdagilarga yoqishga harakat ham qilishmaydi. Ular juda kuchli fe`l-atvorga egalar. Ularni gapdan ko`ra qilingan ish qiziqtiradi. Deyarli har doim istaganlarini qo`lga kiritadilar.

6.    To`g`ri burun. Burun ko`rinishi juda to`g`ri, uchi ozroq yumaloq, teshiklari esa katta. Bunday insonlar mustahkam, qattiq va jiddiy fe`l-atvorli shu bilan birgalikda juda ehtirosli va jo`shqin shaxsdirlar. Ularning jaxloi burun uchida turadi.  Ammo tezda hovurlaridan tushishni ham bilishadi.

7.    Botiq burun. Burun yuqori qismida katta bo`lmagan bo`rtiq bo`lib , bunday burun egalarini oramizda ko`plab uchratish mumkin. Sahiy va o`zgalar muammosini hal qilish istagi kuchli ekanligi bilan ajralib  turuvchi bu toifa kishilarni xafa qilish oson.

8.    Qiyshiq burun. Nomi yoqimsiz bo`lishiga qaramay mazkur burun sohiblari yumshoqfe`l, qalbi esa mehr-muhabbatga limmo-limdir. Burun yuqori qismi qayrilgan, uchi esa yumaloqlangan bo`ladi. Ular har bir qilayotgan ishlariga juda e`tiborlidirlar. Eng yaxshi suhbatdosh, do`st va sheriklar aynan qiyshiq burunli insonlar hisoblanadi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1