Vazirlar Mahkamasining "Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qaroriga ko‘ra, dori vositalarini oilaviy shifokorning elektron retsept asosida bepul olish mumkin.
SSV Matbuot xizmatiga ko‘ra, quyidagi surunkali kasalliklarga chalingan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron retsepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega:
- gipertoniya;
- yurak ishemik kasalligi;
- qandli diabetning ikkinchi turi;
- bronxial astma;
- o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi.
Dori vositalari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchi dorixonalarda beriladi.