AsosiyJamiyat

Toshkentdan viloyatlarga ketish uchun poyezd chiptalari qolmadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiylar oydinlik kiritdi.

'Toshkentdan viloyatlarga ketish uchun poyezd chiptalari qolmadimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda temir yo‘l vokzallarida tirbandliklar hosil bo‘layotgani hamda temir yo‘l kassalarida va ilovada temir yo‘l chiptalari  qolmaganligi haqida video va fotolar tarqalmoqda. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holatni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan qo‘shimcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda va yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

"Ayni damda temir yo‘l vokzallarida tirbandliklar yo‘qligi va aholi temir yo‘l kassalariga kelib bemalol chiptalarni xarid qilishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilamiz. 

Bundan tashqari aholi va talabalar temir yo‘l chiptalarini chiptaxonalardan tashqari mobil ilova orqali onlayn xarid qilishlari mumkin

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Aybsiz “aybdor”ga aylangan bojxona xodimlari oqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:52

    Aybsiz “aybdor”ga aylangan bojxona xodimlari oqlandi

    U mansab vakolatini suiiste’mol qilish orqali jinoyat sodir etganlikda ayblangan 13 yilga qamalgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:06

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:55

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentiga hamdardlik bildirdi

    Ilhom Aliyev orqali halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yo‘lladi.

    'Hukumat Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:53

    Hukumat Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi

    U aholi ehtiyojlari, ekologik zonalar va madaniy merosni muhofaza qilishni hisobga olgan holda shaharni rivojlantirishni nazarda tutadi.

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:08

    '2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 22:19

    2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi

    Bu haqdagi Qonun qabul qilindi