Hamal
«Hamal»lar tug`ma boshqaruvchilik va tashkilotchilik xususiyatiga ega. Eng muhimi, ular hamma ishni o`z vaqtida sifatli bajarishga urinishadi. Va buni boshqalarga ham uqdirishga harakat qilishadi. Ushbu burj vakillarining ko`pchiligi sport orqali yuqori marralarga erishadilar. Chunki ular kuchini qaerga sarflashni biladi, raqobatni xush ko`radi.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: muhandis, advokat, jarroh, futbolchi, sayyohlik korxonalari kabilarda ish boshqaruvchi.
Savr
Pul bilan bog`liq ishlarni do`ndirishadi. Tavakkaldan qo`rqmaganlari va bir so`mni ikki so`m qilishni qoyillatadigan bo`lgani uchun tadbirkorlik ishlari ayni muddao. Yana ularda ijodkorlik kayfiyati ham bor.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: iqtisodchi, geolog, zargar, savdo ishlari bo`yicha menejer.
Javzo
Mahoratli, har qanday vaziyatda ham umidini so`ndirmaydigan, o`z navbatida ko`ngliga xiyonat qilmaydigan bu toifa kishilardan zo`r ruhshunos, aktyor, tashviqotchi chiqadi. Ular kishilarning qarashlaridanoq nima istayotganini bilishadi-da. Shuning uchun muhim ishlarni a`lo darajada hal qiladilar.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: yozuvchi, notiq, aktyor, jurnalist, aloqa xodimi, matubot kotib, tanqidchi.
Saraton
Ushbu burj vakillari yuqori mansablarni egallashga moyil sanaladi. Ammo buning bir nechta shartlari bor: ishini chin dildan yaxshi ko`rishi, bor bilimlarni o`zlashtirishi va jamoa doim uni qo`llab-quvvatlab turishi talab etiladi. Ular uchun atrofdagilarning munosabati, ochiqko`ngilligi muhim. Tasavvur olami kengligi sabab, yoshligidan e`tiborga tushadilar. Faqat kimdir ularga ilhom bag`ishlab turishi kerak.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: o`qituvchi, shifokor, yozuvchi, quruvchi, dizayner, uchuvchi, styuardessa.
Asad
Boshqaruvchilik qon-qoniga singib ketgan. Rag`bat, iliq fikrlardan yayrab-yashanashadi. Bu ularga oldingi ildamlashida kuch bag`ishlaydi. Natijani oldindan ko`rgachgina, qadam tashlaydi. Iqtisodiy, siyosiy sohalarda, ijodiy jamoalarda ishlash jonu dili.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: rassom, jurnalist, vizajist, sartarosh.
Sunbula
Sinchkov, mayda-chuydalarni ham e`tibordan chetda qoldirmaydigan, tartibsizlikka tobi yo`q, erkinlikni xushlaydigan “Sunbula”lar hamma ishlar tartib bilan bajariladigan yo`nalishlarda muvaffaqiyat qozonadilar. Qo`l uchida ish ko`rishni istashmaydi.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: sosiolog, tergovchi, bank boshqaruvchisi, diplomat, musahhih, muharrir, shifokor, farmasevt.
Mezon
Tabiatan kirishuvchanliklari sabab barcha sohalarda birdek o`z yo`lini topib keta olishadi. Ayniqsa, tibbiyot yo`nalishida yuqori yutuqlarga erishishi mumkin. Shartnomalar tuzishga ham usta bo`lishadi. Chunki ikkinchi tomonning ko`nglini qanday topishni bilishadi. Va kayfiyatga qarab ish tutishadi.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: shifokor, diplomat, oshpaz, aktyor, liboslar bo`yicha dizayner, rassom, yozuvchi, kosmetolog, fotomuxbir va bastakor.
Aqrab
Ularning uchinchi ko`zi bo`ladi. Doim hech kim e`tibor bermaydigan narsalarni ko`rib, kishilarning sirlaridan voqif bo`lib yurishadi. Kichik detallarni ham nazardan qochirishmaganliklari uchun “Aqrab”lardan profesisonal jarroh, kriminalist, bojxona xodimi chiqadi. Ular tavvakaldan qo`rqishadi.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: kadrlar bo`limi boshlig`i, prokuror, jinoyat ishlari bo`yicha jurnalist, harbiy, mistik asarlar yozuvchi.
Qavs
Qiziqishi bor va o`zlariga yoqqan sohadagini karrera qila olishadi. Moddiy masalalar ular uchun to`g`anoq bo`lmasligi kerak. Til o`rganishga qobiliyati kuchli. Xotirasi o`tkirligi ham omadi. Xavf-xatardan qo`rqishmaydi. Nima bo`lsa ham, maqsaddan chekinmaydi.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: tarjimon, xalqaro jurnalist, kino san`ati bo`yicha mutaxassis, sportchi, alpinist, veterinar, elchi.
Jadiy
Haqiqatgo`y “Jadiy”lar bolaliklaridan hayotda nima istashlarini biladigan toifadandirlar. Ammo hamma joyda ildiz otib, ko`karib keta olmaydi. Tillari chunki o`tkir. Ularga karera ham, pul topish ham unchalik qiziqmas. Agar istasalar, xohlagan sohalarida cho`qqiga ko`tarilishi mumkin.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: rejissyor, prodyusser, savdo ishlari boshqaruvchisi, shifokor, sportchi.
Dalv
Ko`ngil odamlari hisoblanmish “Dalv”lar musiqa bilan bolalikdan omadli shug`ullanishadi, ammo maktabni tugatgach, iqtisod yo`nalishini tanlashi, bu yoqmay qolsa, yana boshqa yo`lga sakrashlari hech gapmas.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: kinoperator, ruhshunos, hisobchi, istisodchi, rassom, falsafa fanlari bo`yicha tadqiqotchi.
Hut
Bu burj vakillarining ko`pchiligi ota-onasining yo`rig`i bilan kasb tanlashadi. Puldan pul qilishni bilishadi. Bir ishning boshini tutdimi, oxiriga etkazmay qo`ishmaydi. Tabiatdan ilhomlanishadi odatda.
Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: xonanda, aktyor, rassom, iqtisodchi, ruhshunos, mehmonxonalar boshqaruvchisi, pedagog.