1

Kasb tanlashda adashmadingizmi?

SUG'DIYONA 10.12.2016, 10:38
Teglar: Ish, Ayol, SUGDIYONA
Kasb tanlashda adashmadingizmi?

Uzoq vaqt bir joyda ishlay olmaslikka hamisha ham dangasalik sabab bo`lmaydi. Gohida tanlagan sohamizda shunchaki o`zimizni topolmaymiz. «Boshqa ish topaman», deyishdan avval hozirgi kasbingiz sizga to`g`ri keladimi, shu haqda o`ylab ko`ring. Bu borada sizga quyidagi test yordam bersa, ajabmas.

 

AVVAL HISOB-KITOB!

Testdan foydalanishda tug`ilgan kun sanasi va yil raqamlarini qo`shish lozim. Masalan, siz 25.12.1983 yilda tavallud topgansiz. Іisobni quyidagi ketma-ketlikda bajarasiz:

25.12.1983=(2+5)+(1+2)+(1+9+8+3)=7+3+3=13=1+3=4

Demak, javob — 4. Bu sizning shaxsiy raqamingiz. Ana endi 4 soniga mos ta`rifga qarang.

 

1

Mos keladi: tashkilotchilik, etakchilik hamda mas`uliyat talab etadigan faoliyat turlari.

Kasb tanlovi: menejer, shifokor, moliyaviy ishlar bo`yicha rahbar, shuningdek, zargarlik bilan ham shug`ullanishingiz mumkin.

Maslahat: karera qilishni istasangiz, maqsad sari olg`a borishni o`rganing.

 

2

Mos keladi: odamlar bilan muloqot qilish, ko`maklashish, ijtimoiy soha yo`nalishlari.

Kasb tanlovi: shifokor, ijodkor, faylasuf, fermer, aktyor yoki sayyohatchi.

Maslahat: tasavvuringizni boyitsangiz, g`oyalaringizni oson amalga oshira olasiz.

 

3

Mos keladi: mustaqil fikrlash, diqqat-e`tibor talab qiladigan soha yo`nalishlari.

Kasb tanlovi: menejer, harbiy, jarroh, tadbirkor, jurnalist hamda huquqshunos.

Maslahat: «Bu ishni eplolmayman» deguncha, yanada qat`iyatli bo`lishga harakat qiling.

 

4

Mos keladi: ishlab chiqarish bilan bog`liq mutaxassisliklar, masalan, texnika, ilm-fan kabilar ayni siz uchun.

Kasb tanlovi: o`qituvchi, jurnalist, bank xodimi, tadbirkor, quruvchi kabi sohalarda o`zingizni sinab ko`rishingiz mumkin.

Maslahat: gohida «Balki yanglishayotgandirman», deb ikkilanasiz. Yaxshisi, fikrlaringizni tartibga solishni o`rganing.

 

5

Mos keladi: xalqaro munosabatlarni yo`lga qo`yish, jamoa bilan ishlash, notiqlik san`atini talab etuvchi kasblar. Yangilik qilishga bo`lgan ishtiyoq rahbarlik lavozimigacha etaklashi mumkin.

Kasb tanlovi: huquqshunos, moliyachi, ruhshunos, yozuvchi, tarjimon, o`qituvchi hamda tadbirkorlik.

Maslahat: imkoniyatlaringiz bisyor. Faqat ularni to`g`ri yo`naltirish lozim.

 

6

Mos keladi: ijod yo`nalishi bilan bog`liq kasblar, odamlar bilan muloqot qilish, bilim olish, izlanish kabilar. Qolaversa, tashkilotchilikka ham ustasiz.

Kasb tanlovi: diplomat, advokat, shifokor, rassom, dizayner kabi soha yo`nalishlariga nima deysiz?!

Maslahat: kasb tanlashda istaklarni ham inobatga olgan ma`qul.

 

7

Mos keladi: mas`uliyat, diqqat-e`tibor, mustahkam iroda hamda tinimsiz mehnat talab qiladigan sohalar mos tushadi.

Kasb tanlovi: sizdan malakali huquqshunos, tajribali fermer, shifokor yoki tadbirkor chiqishi mumkin.

Maslahat: qaror qabul qilishda ikkilanmang. Gohida tavakkal harakatlar ijobiy natija keltiradi.

 

8

Mos keladi: ijod, izlanish va yaratuvchanlik bilan bog`liq sohalar. Jiddiylikdan tez zerikasiz.

Kasb tanlovi: ilm-fan yo`nalishi bo`yicha olim, kashfiyotchi, shifokor, yozuvchi yoki tarixchi bo`lishingiz mumkin.

Maslahat: ko`p mehnatni talab qilsa-da, tanlangan kasb yo`nalishlari o`zligingizni anglashda asqotadi.

 

9

Mos keladi: odamlar bilan muloqot qilish, fikr almashish va voqea-hodisalarga munosabat bildirish hamda aniqlik.

Kasb tanlovi: farmasevt olim, harbiy, musiqachi, aktyorlik kabilar siz uchundir.

Maslahat: o`z «men»ingizni tan olishdan cho`chimang. Іayotingizga yangilik kiritish va boshqa sohalarda tajriba qilish malakangizni oshiradi.

 

NATIJA 10 BO`LSA-ChI?

Bunda quyidagicha hisob-kitob qilasiz: 10=1+0=1 Demak, natijangiz 1 raqami.

MARJONA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Germaniyadagi yangi ish o`rinlari haqida ma`lumot berildi

19.08.2021, 09:10

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda  Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qilmoqda.Bo`sh...
Germaniyada ishlash istagida bo`lganlarga muhim yangilik e`lon qilindi

17.08.2021, 15:33

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qildi.Bo`sh...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1