Zarur masalliqlar: 200 gr. dudlangan qizil baliq, 100 gr. dudlangan oq baliq, 2 tadan qaynatilgan kartoshka va sabzi, bir bosh piyoz, mayonez, tuz, bezak uchun oq sedana.
Tayyorlanishi: 1. Oq baliq go`shtini uzun somoncha shaklida to`g`rang. Kartoshka va sabzini qirg`ichdan o`tkazing. Piyozni maydalab kesib, sovuq suvda chayib oling.
2. Salat likopchasiga mayonez yordamida yulduz shaklini chizing. So`ng hosil qilingan shakl ichiga kartoshkani joylashtiring. Ustiga mayonez surtib, tuz seping.
3. Kartoshkadan so`ng to`g`ralgan baliq va piyozni soling. Yuzasini tekislab, mayonez bilan qoplang. Tuz sepishni unutmang.
4. Sabzini joylab, uning ustidan ham mayonez surtasiz. So`ng atrofini tekislang-da, qizil baliq go`shti bo`laklari bilan bezating. Yuzasiga sedana seping.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa





