1

Qaysi burj vakili ko`proq shopogolik?

SUG'DIYONA 12.12.2016, 14:13
Teglar: Ayol, SUGDIYONA
Qaysi burj vakili ko`proq shopogolik?

Hamal

Oh, bu shopogoliklar! Dugonasi bilan bozorga tushganida «Yo`q, menga hech narsa kerakmas», deydi-yu, ko`ziga nimadir chiroyli ko`rinib qolsa, albatta, sotib oladi! Ular uyga borib quruq bilan qaytishni yoqtirishmaydi. Keyin ko`p o`ylanib, ikkilanib o`tirishmaydi, yoqdimi, tamom! O`tgan haftagina falon pul sarflagandim, bu hafta jim o`tiray, degan fikr batamom yot bu burj sohibalariga. Xarid chog`ida istaklarni jilolvlashni o`rganing. Bo`lmasa, topganingiz sotuvchilarni boyitadi, azizlarim!

Savr

Ertani o`ylovchi xaridorlar! Ular har bir xaridni aql bilan amalga oshirishadi. Ham chiroyli, ham foydali narsalarni tanlashadi. Birga bozorga borganda talashib-tortishish, shoshiltirish befoyda. Etti marta aylanib, keyin bir qarorga kelishadi-da. Yana bir yaxshi tomoni, ko`proq garderobni emas, uyni o`ylashadi. Shu sabab tuflisi to kiyishga yaroqsiz holga kelmaguncha yangisiga pul sarflashmaydi.

Javzo

Aqlli shopogoliklar! Falon pulga arzimagan bitta libosni xarid qilib, nima foyda topamiz! Ana shunday fikr yuritishadi. Shoping ular uchun stressni chekintirishga quroldek gap. Shunda ham karmonida borini to`kib solmaydi. Katta do`konlarni aylanadi-yu, bittagina zirakcha xarid qilib ham, kayfiyatini tog`dek ko`taradi. Barakalla!

Saraton

Yangi libos desa, qarz ko`tarishga ham tayyor burj vakillari. Buning ustiga, hech kimga foydasi tegmaydigan suvenir kabilarga o`ch. Baraka topgur, shu yaltiroq, arzon-garov narsalar o`rniga kattaroq va foydli nimadir oling. Eng qizig`i, bozorga borib bor-budini sochib kelgach, «Shuncha pulim ketdi», deb kayfiyat ko`rsatkichi nolni ko`rsatadi. Na issiqqa, na sovuqqa ko`nadigan xonimlar, tejamli va rejali bo`ling!

Asad

Bozor degani — dam olishdek gap! Ha, ular bir o`zlari chiroyli do`konlarni aylanishsa, charchoqlarini unutishadi. Shoping — bayram, unga alohida tayyorlanishadi (tanishlardan hozir nima urfdaligi, qaysi uskuna qaerda arzonligi va qulayligini so`rashadi, internet titishadi). Yaqinlariga qimmatbaho nimadir xarid qilishsa, o`zida yo`q xursand bo`lishlari tahsinga loyiq!

Sunbula

Kam-kamdan, ko`p-ko`p! Ha, «sunbula»lar aravachani g`ildiratib supermarketga kirishadi-yu, mayda-chuydalarga to`ldirishadi. Bir paytning o`zida bir necha xil shampun xarid qilaverishadi. «Nima uchun?» degan savolga o`zlari ham javob berisholmadi-yov. Ularga aravachani to`ldirish yoqadi. Shu bilan katta xaridlar navbat kutib qoladi. Tavsiyamiz, bozorga aniq maqsad bilan borib, boshqa rastalarga ko`z olaytirmang, shunda ko`zlagan narsangizni xarid qilasiz.

Mezon

Chiroyli kiyimlarga o`ch bu toifaga yaqinlari gap uqtirolmay halak bo`lsa, ajabmas. Mana, masalan, tuflining eng chiroylisini xarid qilishadi. Unda yurish noqulayligini, falon pulga arzimasligini tan olishmaydi. «Nima bo`pti?» deb elka qisib qo`ya qolishadi. Nima ham derdik, shu ketishda davom etsalar, birlari ikki bo`lishi gumon. Tarozining pallasida istaklar va imkoniyatlarni teng qo`yishni o`rganinglar, muhtarama xonimlar!

Aqrab

Ta`sirchan xaridorlar! Depressiyaning davosi — shoping! Agar ular kerak-keraksiz narsalarni xarid qilib boshlashsa, bilingki, nimadandir xafa. Lekin tan olish kerak, shu yo`l bilan o`zlariga kelib qolishadi. Odatiy vaziyatlarda esa bozor qilishni qoyillatishadi. Yana bir muhim sifati, qaerda nima arzon, qaysi mahsulot chegirmada, ko`zdan qochirishmaydi.

Qavs

Kamnoma xaridor. Ular magazinga borishadi, obdon aylanishadi, nimalarinidir tanlashadi, ammo... hech narsasiz chiqib ketishadi va bundan juda xursand bo`lishadi! Yana ular uchun tanlov variantlari ko`p bo`lishi kerak, saralab olishadi, nima kerak, nima keraksiz. Ha, behudaga bir so`m sarflamaydigan bu burj vakillari katta maqsadlar uchun pul to`plashni xush ko`rishadi.

Jadiy

Shopogolizm dardiga yo`liqmanglar. Ha, ular hamma narsani me`yorida va ehtiyojdan kelib chiqib, xarid qilishadi. Pulga biroz ziqnaliklari sababdir balki. To`g`ri chiroyli kiyimlarga jadiy ayollar ham oshufta, ammo birinchi navbatda oilasini o`ylashadi. Maslahatimiz, ora-sira o`zingiz uchun kichik xaridlarni amalga oshirib turing.

Dalv

Ko`ngliga quloq tutuvchi xaridorlar. Bir bozorga yo`li tushsa, tamom, naq ko`chirib kelishadi-ya! Kiyim-kechak, oziq-ovqatga birdek pul sarflashadi. Ularga hamma narsa kerakdek ko`rinadi do`konga kirishganda. Uyga kelgach ham afsuslanishmaydi. Muhimi, bozor-o`char qilib kelishdi-ku!

Hut

Reklamaga o`ch! Nimanidir reklamasiga ko`zi tushib qoldimi, borib ko`radi, yarashsa-yarashmasa, foydasi tegsa-tegmasa ham oladi. Axir reklama qilishdi-ku!  «2 tasi 1 da» degan jumlalar esa ohangrabodek o`ziga tortadi ularni. Ammo xafa bo`lishmasin-u, ko`pincha xaridlari omadsiz bo`ladi. Faqat buni tan olishmaydi-da. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1