1

Besh yildan so`ng... Kelajagimizni chizamiz!

SUG'DIYONA 13.12.2016, 14:52
Teglar: Ayol, SUGDIYONA
Besh yildan so`ng... Kelajagimizni chizamiz!

Har birimiz kelajak uchun kattami-kichikmi rejalar tuzamiz va olditmizga maqsadlar qo`yamiz. Ular amalga oshishi uchun imkon qadar harakat qilamiz. Tasavvuringizda besh yildan keyingi hayotingizni tasavvur qilib ko`rganmisiz? Siz u vaqtda qanday bo`larkansiz? Keling, buni quyidagi test orqali aniqlab ko`ramiz! Ishga kirishishdan avval har qanday mantiqiy fikrlashni bir zumga bo`lsa-da tark eting, ijodiy salohiyatingizga esa erkinlik bering.

Kerak bo`ladi: ikkita oq qog`oz (A3 formatida bo`lsa yanada yaxshi) , rangli qalamlar, ish stoli, jimlik va yarim soat vaqt.

Ish tartibi:

1.    Birinchi varaq markaziga o`zingizning hozirgi holatingizni chizing, bo`y-bastingiz to`liq bo`lsin. Rasm chiroyli chiqishi shart emas, shuning uchun surat chizishdagi “uquvsizman” degan bahona o`tmaydi. Suratingiz yoniga hozir hayotingizdagi muhim insonlar, munosabatlar, ishlar va boshqa narsalarni ramziy belgilar bilan chizib chiqing.

2.    Chizib bo`ldingizmi? Uni teskari o`girib qo`ying va keyingi shartga o`ting. Ikkinchi qog`ozga xuddi shu tartibda rasm chizish lozim. Ammo endi 5 yil oldinga nazar tashlashga to`g`ri keladi. Kelajakni tasavvur qilishni boshladik!

3.    Vazifani noto`g`ri bajarishdan cho`chimang, qanday rasm chizilganidan qat`iy nazar, sizning hozirgi va kelajak hayotingiz haqida borini bilib olish imkoni bo`ladi. Endi suratlar nima deyayotganini aniqlaymiz!

Test kaliti

Ikkala suratni qarshingizga qo`yib, tahlil qilishni boshlang. Qiyofangizga nazar soling. Hozirgisi va kelajakdagisining o`rtasida nechog`lik farq bor? Balki siz 5 yildan keyin ozg`inroq, kelishganroqdirsiz? Qaysi suratda siz tabassum qilib turibsiz? Agar kelajakdagi suratda tashqi qiyofangizda tub burilish kuzatilsa, demak siz o`sha narsadan hozir mamnun emassiz. Bordi-yu, ikki suratda ham bir xil ko`rinishda bo`lsangiz, o`ylab ko`ring, o`zgarishlardan cho`chimayapsizmi? Bir xillik joningizga tegmasmikan?

Endi sizni qurshab turgan ramziy belgilarga e`tibor qarating. Ularni birma-bir sanab ikkita ro`yxat tuzing: hozirgi va kelajakdagilari. Ro`yxat hayotingizning barcha jabhalarini qamrab olganmi? Kelajakda nimalarga erishishni istayapsiz? Qanday cho`qqilarni zabt etishingiz yoki nimalardan xayolan voz kechganingiz haqida fikrlang. Agar hech nima o`zgarmagan bo`lsa-chi? O`ylab ko`ring, orzularingizdan voz kechayapsizmi yoki ular uchun kurashishni davom ettirayapsizmi?

Barchasi o`z qo`lingizda!

5 yildan keyin bundan-da ko`prog`iga erishishni istaysizmi? Ish pog`onasida ko`tarilish, shaxsiy hayotdagi o`zgarishlar, dunyoqarashingizni kengaytirish uchun nimalar qilyapsiz? Moliyaviy holatingiz va turmush tarzingizni yaxshilash uchun-chi? «hozircha hech narsa» deysizmi?! Unda bu ishga qachon kirishishni rejalashtiryapsiz? Maslahatimiz, biror soniyani ham bekorga o`tkazmang!  

Suratdagi qaysi ramziy belgilar sizga yaqin va yiroq joylashgan? Qay biri sizga yaqinroq bo`lsa, demak aynan o`sha narsa siz uchun muhim sanaladi. Tahlil qiling, siz birinchi o`ringa qo`yayotganlar narsalar keraklimi yoki keraksiz?

So`nggi vazifa!

Ikkinchi suratni tashlab yubormang! Uni saqlab qo`ying. 5 yildan so`ng, albatta, unga ko`z tashlash yodingizdan chiqmasin! Ana o`shandagina haqiqiy sarhisobni amalga oshirasiz.

Dilnoza tayyorladi. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1