AsosiySUG'DIYONA

«Shahzoda» salati - kelinchaklar yon daftariga!

Zarur masalliqlar: 500 gr. qaynatilgan mol go`shti, 1 stakan yong`oq mag`zi, 6 ta tuzlangan bodring, 4 dona qaynatilgan tuxum, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, mayonez, ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Tuzli suvda qaynatilgan go`shtni uzun-uzun qilib yupqalab to`g`rang. Tuzlangan bodringni katta tishli qirg`ichdan o`tkazing. Sarimsoqpiyozni ezib qo`shing.

2. Qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg`ichdan o`tkazing.

3. Maydalangan yong`oq mag`zini qizdirilgan quruq tovada qovurib oling.

4. Masallliqlarni likopchaga quyidagi tartibda joylang.

Go`sht+mayonez+bodring+mayonez+tuxum+mayonez+yong`oq. Dasturxonga tortishdan avval biroz muddat muzlatkichda qo`yishingiz  mumkin.

4 kishilik.

25 daqiqa. 

Boshqa yangiliklar