1

Sevgi haqida siz bilishingiz kerak bo`lgan 10ta fakt

SUG'DIYONA 14.12.2016, 10:30
Teglar: Muhabbat, Ayol, SUGDIYONA
Sevgi haqida siz bilishingiz kerak bo`lgan 10ta fakt
  1. Olimlarning aniqlashicha, agar ilk uchrashuv vaqtida erkak o`zi hamrohlik qilayotgan ayolga 8,2 soniya ko`z uzmay termulib tursa, demak u sevib qolgan bo`ladi. Qizlarjon, birinchi uchrashuvga o`zingiz bilan birga sekundomer olib chiqishni unutmang!
  2. Sevish terapiyasi haqida eshitganmisiz? Ma`lum bo`lishicha, sevgiga mubtalo bo`lgan kishining tanasi va miyasi har doimgidan ko`ra yaxshiroq holatga kelar ekan. Asab tolalari tinchlanib, xotira esa 100 foizga tiklanarkan.
  3. Yoqtirgan insonini ko`rgan holatdagi oshiqning dahshatli filmdan ta`sirlangan kishidan deyarli farqi bo`lmaydi. Negaki har ikki holatda ham ko`z qorachig`i kengayib, kaftlar terlaydi, yurak urishi esa tezlashadi.
  4. Bir-birini sevib, uzoq vaqt elkama-elka yashagan juftliklarning yuz qiyofalari yillar davomida o`xshash bo`lib qoladi.
  5. Muhabbatga mubtalo kishi aql bovar qilmas ishlarni bajarishga qodir bo`ladi. Chin ma`noda Majnunga aylanishning sabablari ilmiy jihatdan aniqlandi. Unga ko`ra sevib qolgan insonning qon tarkibida serotonin gormoni ruhiy xasta odamlarniki kabi kam miqdorda bo`ladi. Bu esa o`z xatti-harakatlarini tahlil qila olmaslikka sababdir.
  6. Bu sizni hayratga solmas, ammo juftliklarning munosabatida ozgina romantika bo`lishi o`rtadagi rishtalarni yanada mustahkamlashi ayni haqiqat! Va bu o`zlarini yanada baxtli his etishlariga turtki bo`ladi.
  7. Qadimda yunonlar nomsiz barmoqda yurakka borib ulanadigan qon tomiri o`tgan deb, hisoblashgan. Va uni «muhabbat tomiri» deyishgan. Nikoh uzugini aynan shu barmoqqa taqilishining sababi ham shunda. Nikoh uzuginining taqilishi ilk marotaba Qadimgi Misrda qayd etilgan.
  8. Odatda ayol jufti bilan yuzma-yuz suhbatlashishni xohlasa, erkak esa yaxshi ko`rgan ayoli u bilan elkama-elka o`tirishini yoqtiradi.
  9. Afsuski, sevish kabi bebaho ne`mat har kimga ham nasib qilavermas ekan. Agar sizga kimdir «umrimda sevmaganman» desa ishonavering. Negaki kamdan-kam uchrasada, muhabbat tuyg`usini tuya olmaslik — gipopituitarizm kasalligi haqiqattan mavjud.

Shifokor tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, sevgan yorining bo`sasi kishi organizmi faoliyatini yaxshilab, umr uzayishiga oz bo`lsada hissa qo`shar ekan. Ertalab ishiga shoshib, xotini bilan xayrlashmay ketadigan erkakdan ko`ra, tongini rafiqasidan bo`sa olish bilan boshlagan erkakning umri 5 yilga uzayadi. Erkaklar, umringizni uzaytirishga harakat qiling!

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1