1

Turmak vositalari: zararlimi yoki foydali?

SUG'DIYONA 14.12.2016, 11:07
Teglar: Ayol, Go`zallik
Turmak vositalari: zararlimi yoki foydali?

Lak, muss, vosk va soch bo`yog`i zamonaviy ayolning soch turmaklashdagi eng yaqin yordamchilari hisoblanadi. Ko`pgina ayollar bu vositalardan deyarli har kuni foydalanishadi. Ammo sog`lom va jilokor sochlarga zarar etkazib qo`ymaslik uchun bu vositalarni tanlashda va foydalanishda ahamiyat qaratilishi lozim bo`lgan jihatlar ham yo`q emas.

 

Soch uchun laklar

Sochlarni bejirim turmaklashda qo`llaniladigan o`nlab vositalar orasida barchaga ma`lum va mashxuri, so`zsiz, lak hisoblanadi. Barcha reklamalar ushbu vositani ko`klarga ko`tarib, u soch tolasini o`rab, himoyalashini aytishyapti. Balki chindan ham shundaydir, ammo havo harorati simob ustunining manfiy chegarasini ko`rsatib turganda bunday “himoya” qatlami soch tolasini muzlab qolgan sumalakka aylantirib qo`yadi. Natijada unga zarar etib, oson sinuvchan bo`lib qoladi. Bundan tashqari, o`tkir xidli laklar nafas yo`llariga ham jiddiy zarar etkazadi. Mana shu salbiy xususiyatlarni inobatga olgan ba`zi ishlab chiqaruvchilar xidsiz vositalarni taqdim etishmoqda. Aytganday, soch uchun lak tanlay turib, tarkibida spirt yo`qligiga alohida e`tibor qarating. Axir spir sochni quritib, uning uchlari gullashiga ham sabab bo`ladi. Bundan tashqari, homilador ayollarga turmak yaratishda lakdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Kuzatuvchilar lak tarkibidagi ftalat moddasi homilaning jinsiy organlari rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkinligini aniqladilar.

Muss

Sochlari hajmdor bo`lishini istaydigan ayollarning chinakkam yordamchisi bo`lgan bu vosita ham ba`zi kamchiliklardan holi emas. Bilasizki, muss va ko`piklar nam sochga surtiladi va undan foydalanishda me`yorni aniq bilish juda muhim. Agar keragidan ortiqroq surtib qo`yilsa, sochlar kir va yog`li ko`rinadi. Ularning tarkibidagi kimyoviy moddalar bosh terisida tiqinlar hosil qilgani bois, yuvib tashlaganingizdan keyin maxsus bosh terisi uchun skrablardan foydalanish maqsadga muvofiq. Agar sochlaringiz qalin va uzun bo`lsa, musslarning sizga foydasi tegishi dargumon. Ular ko`p hollarda o`rta va kalta uzunlikdagi soch sohabalari uchun mo`ljallangan.

Bo`yoq

Ko`pchiligimiz foydalanadigan kimyoviy soch bo`yoqlari ham ikki turga bo`linadi. Turg`un (permanent) bo`yoqlarning rangi uzoq muddat saqlanib turadi. Bunga sabab esa ular tarkibidagi vodorod peroksidi, amiak, kumush, qo`rg`oshin, mis tuzlar bo`lib, ular bo`yoq bilan bir sochning ichki qatlamlariga etib borgani tufayli soch rangi uzoq muddat davomida o`chib ketmaydi. Ammo vodorod peroksidi va amiak soch tolalariga zarar etkazishidan tashqari, allergik reaksiyalarga ham sabab bo`lishi mumkin. Bunday nojo`ya ta`sirlarni bartaraf etish uchun ishlab chiqaruvchilar yarim turg`un bo`yoqlarni taklif etishmoqda. Ularning ta`kidlashicha yarim turg`un bo`yoqlar tarkibida amiak  va vodorod peroksidi mavjud emas. Biroq shunga qaramay, bunday soch bo`yoqlarini butunlay beziyon deb bo`lmaydi. Agar yarim turg`un bo`yoqlardan foydalanishga qaror qilgan bo`lsangiz, natija ikki-uch hafta davomida saqlanib turishiga ham e`tibor qarating.

Vosk

Bu vosita jingalak soch sohibalariga tekis turmak yaratishda qo`l keladi. Ingichka, tez chigal bo`luvchi va turmaklash qiyin sochlar uchun ayni muddao. Tarkibida turli tabiiy moylar mavjud bo`lgani bois vosk soch tolalarini o`rab oladi va ultrabinafsha nurlari, chang va shamoldan himoyalaydi. Bu vositadan foydalanishda ham me`yorga rioya etish juda muhim. Voskni nam sochlarga surtish tavsiya etilmaydi.

                                              

                                               SAODAT tayyorladi. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1