Zarur masalliqlar: 200 gr. tvorog, 200 ml. sut, 350 gr. un, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq xamirturush, 50 gr. shakar, 1 choy qoshiq tuz, 4 osh qoshiq o`simlik yog`i. Bezak uchun: 1 st. qand upasi, yarimta limon sharbati, rangli shirinliklar.
Tayyorlash: 1). Iliq sutga xamirturush qo`shib, aralashtiring-da, ko`tarilishi uchun 15 daqiqaga qoldiring. So`ng tvorog, shakar, tuz, tuxum va yog` solib, ko`pirtiring.
2). Masalliqqa un qo`shib aralashtiring-da, ko`tarilishi uchun issiqroq erga qo`ying.
3). Oshgan xamirni yog`langan keks qolipchalariga solib, yuzasini tekislang. Shirinlik qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqada pishadi. Pishgach, biroz sovuting-da, limon sharbatida ko`pirtirilgan qand upasini surtib chiqing. Bezak uchun rangli shirinliklardan seping.
Tayyorlash vaqti: 1 soat.





