Ispaniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messining navbatdagi uchrashuvda sog`lig`ida muammo yuzagakeldi va va u qusib yubordi. Bu haqda "Championat.com" xabar bermoqda.
"Barselona" klubi Qatar poytaxti Dohada "Al Ahli"ga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi va uchrashuvning 25 daqiqasida Messining sog`ligida muammo yuzaga keldi. Argentinalik hujumchi suv ichib olgach, o`yinni davom ettirdi.
Eslatib o`tamiz, Messi bunga qadar ham bir necha bor shunday holatga duch kelgan edi. Ammo shifokorlar uning sog`ligida jiddiy o`zgarishlar yo`qligini ta`kidlamoqdalar.
O`rtoqlik o`yinida "Barselona" 5:3 hisobida durang o`ynadi va Messi bitta gol urdi.