AsosiySalomatlik

O‘tgan yili dunyo bo‘yicha 10,8 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qo‘yilgan

Ulardan 1,25 million nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

'O‘tgan yili dunyo bo‘yicha 10,8 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qo‘yilgan'ning rasmi

Bugun — Butunjahon tuberkulyozga qarshi kurash kuni. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ekspertlar ushbu ko‘rsatkichlar yil sayin oshib borayotgani, qolaversa, sayyoramiz bo‘yicha xastalikning dorilarga chidamli turlari keng tarqalayotganidan xavotirda, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.

Shunga qaramay, O‘zbekistonda tuberkulyozni aniqlash va davolash borasida katta yutuqlarga erishilmoqda.

 —  Avvallari kasallikni laborator usulda aniqlash uchun 3 oygacha vaqt ketardi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza Parpiyeva. — Hozir esa yurtimiz bo‘yicha 136 ta gen-molekular analizator apparati keltirilib, 97 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etilgan. Ulardan 40 tasi tumanlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Bundan tashqari, balg‘am namunalarini tuman (shahar)lardan asosiy laboratoriyalarga o‘z vaqtida olib kelish uchun logistika xizmati yaxshilangan. 

Binobarin, tashxis qo‘yish uchun sun’iy intellekt bilan jihozlangan 46 ta ultraportativ rentgen apparati joylarga yetkazib berilgan. Ular yordamida, hatto, og‘ir yotib qolgan bemorlar xonadonigacha borilib, o‘pka va ko‘krak qafasida qanday patologik jarayonlar kechayotganligi tezkor ravishda aniqlanyapti. 

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 20 yanvardagi "2023 — 2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida 14 yoshgacha bo‘lgan xavf guruhiga mansub aholi qatlamida immunodiagnostika usulida, 14 yoshdan kattalarda esa rentgen usulida tuberkulyozni aniqlash yo‘lga qo‘yilib, ilk marotaba 10 ta viloyatda "O‘pka salomatligi" mobil brigadalari tashkil etildi. 

Tuberkulyoz xastaligi tarqalishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni emlash qamrovi 99,5 foizga yetkazildi. Ayrim sabablarga ko‘ra, vaksina olmagan bolalarda tuberkulin yordamida teri sinamasi o‘tkazilib, keyin emlandi.

So‘nggi 22 yilda mamlakatimizda kasallanish darajasi 2 barobardan, o‘lim ko‘rsatkichi esa 10 barobardan ko‘proq kamayishiga erishildi. 

O‘z navbatida, 1-tur sezuvchan tuberkulyozga chalingan bemorlarni davolash samaradorligi keyingi yillarda 90 foizga yetkazildi va bu JSSTning xastalikni tugatish strategiyasi maqsadlariga mosdir.

Shuningdek, silning turg‘un shaklidan aziyat chekayotgan bemorlarni davolash samaradorligi 91,2 foizdan 95 foizgacha oshirilib, muolaja muddati 2 yildan 6-9 oyga qisqardi. Bu — dunyoning juda kam sonli davlatlari erishgan ko‘rsatkichdir.

Raqamli texnologiyalar yordamida bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ambulator davolashning videonazorat usuli butun mamlakat bo‘ylab tatbiq qilindi. Ushbu innovatsion yondashuv, ayniqsa, olis va chekka hududlarda yashovchi aholida davolanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 

JSSTning 2023 — 2030 yillarga mo‘ljallangan tegishli Harakatlar rejasiga muvofiq,  2023 — 2024 yillarda mamlakatimiz bo‘yicha bu yo‘nalishda salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

Tuberkulyoz bilan kasallanishga moyil xavf guruhiga mansub aholi o‘rtasida keng qamrovli skrining tadbirlari o‘tkazildi. Zamonaviy diagnostika usullari ko‘lami kengaytirildi. 

Bemorlarni davolash uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan sifatli dori vositalari xarid qilindi va xastalikning oldini olish maqsadida muloqotdagi shaxslar o‘rtasida profilaktik muolajalar olib borildi. 

Eslatib o‘tamiz, har yili dunyo bo‘ylab 24 mart "Butunjahon tuberkulyozga qarshi kurash kuni" sifatida nishonlanadi. Bu yil ham mazkur sana munosabati bilan “Ha! Tuberkulyozga barham bera olamiz! Majburiyatlar, investitsiyalar, natijalar” shiori ostida jahonning turli nuqtalari, jumladan, mamlakatimizda keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi'ning rasmi

    Salomatlik 26.03.2025 20:29

    O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi

    Mazkur epidemiya avj olishiga tabiiy ofatlar, iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda infratuzilma yomonligi hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish cheklangani kabi transchegaraviy omillar sabab bo‘lmoqda.

    'Gepatit kasalligi asoratlari bilan xavfli'ning rasmi

    Salomatlik 21.03.2025 18:53

    Gepatit kasalligi asoratlari bilan xavfli

    Xo‘sh, uning qanday turlari bor va nimasi bilan xavfli?

    'Gadjetlar ko‘z saratoniga olib keladimi?'ning rasmi

    Salomatlik 14.03.2025 19:04

    Gadjetlar ko‘z saratoniga olib keladimi?

    Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri va mutaxassislarning bu boradagi fikrlari qanday?

    '2050 yilga borib, ko‘krak bezi saratoniga chalinish holatlari 38 foizga oshishi mumkin'ning rasmi

    Salomatlik 05.03.2025 18:48

    2050 yilga borib, ko‘krak bezi saratoniga chalinish holatlari 38 foizga oshishi mumkin

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yiliga 2,3 million nafardan ortiq ayolga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilmoqda.

    'Eshitishda nuqsoni bo‘lgan chaqaloqlar qanday davolanadi?'ning rasmi

    Salomatlik 03.03.2025 21:40

    Eshitishda nuqsoni bo‘lgan chaqaloqlar qanday davolanadi?

    Chaqaloq hayotining dastlabki 3 yilida turli tovushlarni o‘rganib, "tili" chiqa boshlaydi. Agar bola bu jarayonda muammoga duch kelsa, so‘zlarni tushunish va takrorlashda qiyinchiliklar tug‘iladi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 25.02.2025 23:07