AsosiyDunyo

AQSHda Tesla avtomobillariga hujumlar kuchaymoqda

FBI Tesla avtomobillariga hujumlarni "ichki terrorizm" deb atadi.

'AQSHda Tesla avtomobillariga hujumlar kuchaymoqda'ning rasmi

AQSHda Tesla avtomobillariga qarshi hujumlar tobora ko‘paymoqda. Mashinalar o‘qqa tutilmoqda, yoqib yuborilmoqda, shuningdek, avtosalonlar va quvvatlash stansiyalariga hujumlar sodir etilmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Bunga javoban FBI maxsus tergov guruhi tuzdi. Tashkilot direktori Kesh Patel ushbu hujumlarni "ichki terrorizm" deb atab, aybdorlar albatta topilib, javobgarlikka tortilishini aytdi.

Hujumlarning kuchayishi Ilon Maskning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan yaqin hamkorlik qilayotgani va bu hamkorlik natijasida davlat idoralarida minglab odamlar ishdan bo‘shatilayotgani haqidagi xabarlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

FBI rasmiylari Tesla avtomobillariga qarshi tajovuzkorlarga nisbatan keskin chora ko‘rishga va’da berdi.

    Boshqa yangiliklar