Zarur masalliqlar: 1 bog` salat bargi, 100 gr. pishloq, 1-2 ta nok, 50 gr. tozalangan yong`oq, yarimta limon sharbati, 2 osh qoshiq zaytun yog`i, 1 osh qoshiq asal, bir chimdim tuz.
Tayyorlash: 1). Salat bargini katta bo`laklarga ajratib, to`g`rang. Pishloq va nokni to`rtburchak shaklda parrak qilib kesing.
2). Salat idishiga to`g`ralgan masalliqlarni solib, asal, zaytun yog`i, tuz va limon sharbati bilan aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval yong`oq bilan aralashtirib oling.
Tayyorlash vaqti: 15 daqiqa.





