Ba`zan biror qaror qabul qilish, uni amalga oshirishdan qiyinroq bo`ladi. Ikkilanaveramiz, ikkilanaveramiz. Ko`ylakning qorasini kiysammikan, qizilinimi? Moshxo`rda qilsammikan, mastavami degan oddiygina beqarorlikdan tortib shu yigitga turmushga chiqsammikan, yo`qmi, ajrashsammikan yo yana biroz sabr qilaymi degan muhim ikkilanishlargacha har birimizga tanish. Qaror qabul qilmay vaqtni cho`zaveramiz, aniq bir gap aytmay, mujmal javoblar qilamiz. Bu ma`lum muammolarni yuzaga keltiradi. Shu sababli qanday qilib dadil qaror qabul qilish borasidagi maslahatlarimizga quloq tuting.
Echimga olib boruvchi yo`l ko`p bo`lsa...
Biror vaziyatning echim variantlari qancha ko`p bo`lsa, odam bir to`xtamga kelolmay shuncha ikkilanadi. Agar variantlar bor-yo`g`i ikkita bo`lsa, qaror qabul qilish ham osonroq kechadi. Echim ustida kamroq bosh qotirib, tezroq qaror qabul qilamiz. Shu sababli imkon qadar tezroq ehtimolli echimlarning nomaqbullarini hisobdan chiqarib, eng maqbul ikki variantni qoldirish kerak.
Xatoni takrorlab qo`yishdan qo`rqmang
Albatta, xato qilmaydigan odam yo`q. Ammo ayrimlar ana shu xatolardan olgan salbiy tajribasini ortmoqlab, butun umr yuraveradi. Aslida, ana shu yomon tajribalarni elkadan uloqtirib tashlab, faqat xushyorlikni olib qolish kerak. Odamga ikkinchi imkoniyat bersa bo`ladi, hattoki u odam o`zingiz bo`lsangiz ham.
Oniy foyda
Ikkilanish ko`pincha qulaylikni yo`qotish qo`rquvi tufayli yuzaga keladi. Masalan, birov bilan gaplashib orani ochiq qilish kerak, ammo noqulay suhbat asablaringizga salbiy ta`sir qiladi, tinchligingizni buzadi. Shu sababli siz uni ortga suraverasiz, hatto bu kechiktiruv o`zingizga zarar bo`lishini bilsangiz ham. Maslahatimiz: vaqtni cho`zmang, ishga kirishing!
Yo`qotilganlarga achinish
Bir marta muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ishni qaytadan boshlashga hamma ham jur`at etolmaydi. Ana shuni bilganingiz uchun qarorni cho`zaverasiz. Maslahat shuki, yo`qotadigan narsalaringizni taroziga solganingizda faqat vaqt ortga qaytmasligini, qolganini topish mumkinligini unutmang.
Munosabatlar buzilishidan qo`rqish...
Biz har doim atrofdagilar bilan yaxshi munosabatlar saqlab turishga harakat qilamiz. Ammo bizga yaqin ikki odam orasida birini tanlashga to`g`ri kelsa nima bo`ladi? Bu oson tanlov emas. Masalan, eringiz va akangiz o`rtasida ziddiyat chiqdi. Istasangiz-istamasangiz bu sizga ham daxl qiladi. Aralashmay chetda turishingiz mumkin emas. Nima qilmoq kerak? Sizda bitta yo`l bor: ularni murosaga keltirish. Qaror qabul qilmay, ikkilanib turaversangiz, yaqinlaringizdan biri bilan yuzko`rmas bo`lishingiz mumkin.
Bolangiz siz kabi bo`lmasin!
Hayotimiz qanday kechishi qabul qilgan qarorlarimizga bog`liq. Ikkilanmang, dadil bo`ling, xushyor bo`ling, ammo ozgina tavakkalga ham joy qoldiring.
Shahnoza TO`RAXO`JAEVA tayyorladi.
26.09.2021, 17:45
O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...23.08.2021, 16:08
Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...19.08.2021, 09:10
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qilmoqda.Bo`sh...17.08.2021, 15:33
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qildi.Bo`sh...