Tadbirkorni sun’iy aybdor qilib, evaziga sud raisini 2021 yilda ishlab chiqarilgan avtomashinasini 20.000 AQSH dollariga sotib olishga majbur qilishgani haqida xabarlar tarqaldi.
Sudyalar oliy kengashi xabar bo‘yicha quyidagicha rasmiy axborot berdi:
"Ijtimoiy tarmoqdagi qator axborot manbalarida tarqalgan jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudining sobiq raisiga (ayni paytda boshqa tuman sudida faoliyat ko‘rsatayotgan sudya) doir xabarlar bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Yakuni yuzasidan lozim choralar ko‘rilishi ta’minlanadi".