AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda tarbiyachi bexosdan qaynagan suvni bolaning peshonasiga to‘kib yubordi

Prokuratura holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.

'Qashqadaryoda tarbiyachi bexosdan qaynagan suvni bolaning peshonasiga to‘kib yubordi'ning rasmi

Qashqadaryoda tarbiyachi bexosdan qaynagan suvni tarbiyalanuvchi bolaning peshonasiga to‘kib yubordi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, G‘uzor tuman 4-DMTTda tarbiyalanuvchilarni tashqaridan ichkariga tushlik vaqtiga saf bilan olib kirilayotganda DMTTda faoliyat yurituvchi Sh.Y. hamda tarbiyalanuvchi N.M.ning to‘qnashishi oqibatida qaynagan suv bolaning peshona chap yonoq sohasi qismiga to‘kilgan. 

Mazkur holat davomida DMTT hamshirasi Sh.M. tomonidan zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, tarbiyalanuvchi N.M.ni otasi chaqirtirilib, DMTT xodimlari ishtirokida G‘uzor tuman shoshilinch tez tibbiyot birlashmasiga olib borilib, zaruriy choralar ko‘rilgan.

Bundan tashqari Tibbiyot birlashmasi kuzatuv va tekshiruv o‘tkazgandan so‘ng, tarbiyalanuvchi va otasi tibbiyot birlashmasidan ketib qolganini №554 ma’lumotnomada keltirib o‘tgan.

Tarbiyalanuvchi N.M.ning tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi uning sog‘ligini tez tiklashi uchun o‘z DMTT mas’ullar tomonidan ham moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan ta’lim tashkiloti mas’ul xodimlariga ta’sir chorasi qo‘llanilishi yuzasidan yetarli hujjatlar to‘planib xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari mazkur holat yuzasidan G‘uzor tuman Prokuraturasi tomonidan ham o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rganishlar yakuniga doir qo‘shimcha axborot beriladi. 

"Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan yoki mehnat munosabatlarini qo‘pol ravishda buzgan pedagog sha’niga dog‘ tushirayotgan xodim faoliyatini keskin qoralaydi", - deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02