"Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025 yilgi 1 mavsumi yakunlariga ko‘ra, 2 011 ta mahalla (jami mahalla soniga nisbatan 21 foiz) g‘olib deb topildi. Bunda, ushbu mavsum doirasida 329 ta mahalla ilk marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, 2024 yilgi 2 mavsum doirasida g‘olib bo‘lgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran g‘olib deb topildi. Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun joriy yilgi 2 mavsum hamda 2026 yilgi 1 mavsumlarda tanaffus beriladi.
Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.
Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin.