«Chet elga ketsam, bolalarimni olib qo`yishadimi?»

Savol-javob 15.12.2016, 11:33
Teglar: Savol-javob
«Chet elga ketsam, bolalarimni olib qo`yishadimi?»

Ajrashganman. Ikki nafar o`g`limga aliment olaman. O`zim pochta xizmatida ishlayman, oyligim 150.000 so`m atrofida. Mahallaga 14 yoshgacha bo`lgan bolalar pulini so`rab murojaat qilsam, olayotgan aliment puli va oyligimni qo`shib, «Maoshingiz kamligi bois ishsiz deya sanalasiz, buning uchun beriladigan ishsizlik nafaqasini qo`shganda esa 14 yoshgacha bolalar nafaqasi olish huquqidan mahrumsiz», deyishdi. Axir ishlayotgan bo`lsam, qanaqasiga ishsiz deb topilishim mumkin? Ishsizlik nafaqasi olmasam, qaerdan yo`q pulni qo`shishdi? Mahalla mutasaddilarining harakati to`g`rimi? Yana bir savolim bor, farzandlarimni ota-onamning qaramog`ida qoldirib (notarial tartibda vasiy etib tayinlab), xorijga ishlagani ketsam, yo`g`imda otasi ularni olib qo`ymaydimi?

Nodira Yoqubova, Xorazm viloyati

Murojaatga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi.

Eslatib o`tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega.

— Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida»gi Nizomga ko`ra, ariza beruvchining ehtiyojmandligi darajasini aniqlash va bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash (rad etish) to`g`risida xulosa chiqarish uchun fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organida maxsus komissiya tashkil etilib, xulosa komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Sizning moddiy yordam berish haqidagi arizangiz maxsus komissiya xulosasi bilan rad etilgan bo`lsa, bu xulosani qonunsizligi yuzasidan hududiy prokuraturaga yoki sudga shikoyat keltirishingiz mumkin. 

Ish yuzasidan vaqtinchalik oilangizdan uzoqda bo`lganingizda esa farzandlaringizning manfaatlari homiy tomonidan himoyalanishi, ularni qarovsiz qoldirilgan bolalar sifatida tarbiyalash, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalariga olinishining oldini oladi.

 

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1