1

«Rashk, rashk, rashk qilaman o`zimdan ham!»

SUG'DIYONA 15.12.2016, 11:44
Teglar: Ayol, Erkak, Er-xotin
 «Rashk, rashk, rashk qilaman o`zimdan ham!»

Umrida bir marta bo`lsa ham rashkning olovida yonmagan  qilmagan inson bo`lmasa kerak. Ha, bu juda kuchli tuyg`u, uni nazorat qilish, jilovlash mushkul. Xo`sh, bu olov kishi qalbida nima sabab paydo bo`ladi? Siz his qiladigan o`sha aqlni shoshirib, nafasni tezlashtiruvchi tuyg`u zamirida yagona bo`lish istagi yotadimi yoki tashlab ketishlaridan qo`rquvmi? Keling, rashkingizning darajasi hamda uni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlaymiz. Va albatta, undan xalos bo`lish yo`llarini birgalikda izlaymiz.  

 

1. Yoringizning telefondagi suhbatlarini tinglashingizning asosiy sababi...

A. «Hayotida men bilmagan narsalar sodir bo`layotganidan xabardor bo`lib turish...»

B. «Onasi bilan nimalarni muhokama qilayotganini eshitish...»

V. «Pulini qanday sarflayotganini aniqlash...»

G. «Xiyonat qilmayotganiga ishonch hosil qilish ehtiyoji...»

2. Sizningcha o`tmishni unutish...

A. «Mumkin emas».

B. «Yaxshi davo».

V. «Xato».

G. «Normal holat, ba`zida shunday qilib turish kerak».

3. Quyidagi buyumlardan qay biri sizga kundalik hayotingizni eslatadi?

A. «Ochilgan kitob».

B. «Tungi chiroq».

V. «Bir uyum kir kiyimlar».

G. «Bir dasta gul».

4. Juftingizning xatti-harakatlari shubha uyg`otayapti, o`zini bunday tutishining sababini aniqlash uchun nimalarga tayyorsiz?

A. «Sayohatga chiqishni taklif qilaman. Yolg`iz qolsak, muammoning tagiga etishim osonroq kechadi».

B. «Yurish-turishini obdon kuzataman».

V. «Munosabatlarimizni yaxshilash uchun farzand ko`rishni rejalashtiraman...»

G. «Hammasi yaxshiligiga o`zimni ishontiraman»

5. Quyidagi qarashlardan qay biri sizga yaqinroq?

A. «O`zimizni aqlli sanaganimiz sari, qanchalar kam narsa bilishimiz ma`lum bo`laveradi».

B. «Aslida rashk — sevgan insoningizga hurmatsizlik belgisi».

V. «Rashk muhabbatdan ko`ra o`zni sevishga o`xshaydi».

G. «Yorug` kunda sizni sevgan kishi, mushkul vaziyatlarda yanada kuchli ardoqlashi lozim».

6. Uyqudan uyg`oniboq aytadigan birinchi so`zingiz...

A. «Qaerdasiz?»

B. «Bugun nima qilmoqchisiz?»  

V. «Bugun biram ishim ko`p-ki, hammasiga ulgurishim kerak»

G. «Yana besh daqiqa...»

7. Sevgan insoningizning xiyonatidan so`ng...

A. «Butunlay boshqa odamga aylanaman».

B. «aslo sinib qolmayman, yuksalishga harakat qilaman».

V. «O`zimni yolg`iz his etaman».

G. «Endi hech kim emasman».

8. U sizga qaysi gapni ko`p takrorlaydi?

A. «Men aytdimmi, demak, chindan ham shunday».

B. «Meni sevishingni tez-tez aytib tur».

V. «Biroz sabr qil, ishim bitay deb qoldi».

G. «Yo`q joydan muammo chiqarish odatingni tashlamading, tashlamading-da».

9. Tasavvur qiling, sudyasiz. Bevafo yoringiz va uning yonidagi ayolning ustidan hukm chiqarishingiz lozim. Birinchi hukmingiz o`sha ayolga ataladi.

A. «Butun umr, tunu kun og`ir mehnat qilsin!»

B. «Men bilan tanishganining o`zi unga jazo bo`laqolsin».

V. «Ko`zini moshdek ochib qo`yish kerak».

G. «Sovuq yurtlarga badarg`a qilinsin!»

10. Sizningcha rashk...

A. «O`ziga ishonch belgisi».

B. «O`zingga tegishli insonlarni himoyalash».

V. «Muhabbatni isbotlashning usuli».

G. «Yaqin kishingizning hayotida yagona ayol bo`lish istagi».

 

Ballarni hisoblaymiz:

 

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

1

4

1

2

2

3

2

2

1

1

B

3

2

4

4

1

4

3

3

2

4

V

2

3

3

3

3

1

1

1

4

2

G

4

1

2

1

4

2

4

4

3

3

 

Natijalar:

10-19 ball: «Qizg`anishga ne hojat?»

Sizni rashkchilar qatoriga kiritish mushkul. Qizg`anish «sahna»larini uyushtirish mavqeimga to`g`ri kelmaydi, deb hisoblaysiz. Sizningcha rashk o`rtadagi ishonchga darz ketib bo`lganini bildiradi. Axir ko`ngil berganingiz va`dalarini bajarishni kechiktirsa, munosabatlarni yakunlash vaqti etdi, deb o`ylay boshlaysiz-da. Yoningizdagi insonni qizg`anish siz uchun o`ta shaxsiy, hech kimga namoyish etilmaydigan tuyg`u. Yaqin insoningiz idealingizga mos kelmay qolsa, ishonchsizlik, himoyasizlik va aybdorlik kabi aralash tuyg`ularni his eta boshlaysiz. Rashkingizni namoyon etmaganingiz bois, xatti-harakatlaringiz befarqlik, sovuqqonlik sifatida qabul qilinishi mumkin. Insonning kelajagi mavhum ekani, yolg`izlik, ruhiy azoblar va tashlab ketilish og`rig`i sizni ham chetlab o`tmaslik ehtimoli borligini tan oling. O`sha o`zingiz qo`rqqan, qochgan tuyg`ularni oshkora aytishni o`rganing.  

20-25 ball: «Men qoramanmi?»

Ko`pincha umr yo`ldoshingizning biroz befarqligi yoki charchagani o`zingizni noqulay, ishonchsiz va g`amgin his etishingiz uchun etarli bo`ladi. Biroq bunday vaziyatda darhol uni so`roqqa tutavermaysiz. Juftingiz bilan orani buzmaslik uchun uning hududiga kirishdan juda ehtiyot bo`lasiz. Aqlli yurish! Biroq bu rashk qilmaysiz degani emas. Aslida rashkingiz kayfiyatingizga bog`liq. Ko`pincha yoqimli hayajonni his etishni istaganingizda kimningdir e`tiborini tortish ehtiyoji yuzaga keladi (ya`ni e`tiborni tortib o`z «men»ingizni tinchlantirishga harakat qilasiz) yoki faqat o`zingizning kamchiligingizga diqqat qilganingizdagina rashk o`tida yona boshlaysiz. Ijtimoiy mavqeingizni keragidan pastroq deb hisoblay boshlasangiz yoki tashqi ko`rinishingizdan ko`nglingiz to`lmasa, yoringizni boshqa ayollardan qizg`anishingiz kuchayadi. Bu tuyg`uni keltirib chiqaruvchi asl sabablarni tushunishga harakat qilsangiz, noo`rin rashk tufayli uyalib qolmaysiz.

26-31 ball: «Axir sevaman!»

Sizdaylarga shubhaga beriluvchan, deya ta`rif berishadi. Rashk qilishni boshlasangiz, g`azab, sog`inch, qayg`u kabi tuyg`ular girdobida qolasiz. Chunki chindanam jo`shqin hissiyot sohibasisiz-da. Munosabatlar o`zgarishi mumkinligini tan olishdan qo`rqishingizni shu yo`l bilan namoyon etishga intilasiz. Qalbingizdagi shubhayu gumonlar vaziyatni tahlil qilish qobiliyatingizni sustlashtiradi. Rashk siz uchun sevgi degani. Yoringizni o`tmishidan, hatto kelajagidan ham qizg`anasiz. Biroq noo`rin gumon-u tergovlaringiz uni xiyonat jariga itarishi mumkinligini ham inobatga olib qo`ying. Shu bilan birga, juftingizning ham rashkini qo`zg`ashga moyilligingiz bor. Sizningcha bu ehtiroslarni olovlantirib turadi. Uni shubhaga solib qo`yib, hayotida naqadar muhim o`rin egallashingizni isbotlashga harakat qilasiz. Turmush o`rtog`ingiz bilan munosabatlaringizni tahlil qilib, umumiy qiziqishlaringizni aniqlang va ko`proq vaqtingizni birga o`tkazish orqali mustahkam munosabat qurishga intiling.  

32-40 ball: «Aql-hushimdan judo bo`laman!»

Siz his etayotgan bu yondirguvchi tuyg`u yoringizdan shubha qilish-qilmasligingizga bog`liq emas. Aslida rashk qilish, tergov o`tkazish, turli «sahna»lar uyushtirish uchun sabab ham shart emas, chunki bular odatiy yumushingizga aylanib ulgurgan. Tashlab ketishlaridan yoki sizni sevmasliklaridan qattiq xavotirga tushganingiz sabab rashkni qurol qilib olgansiz. Yonimdagi insonni tinmay so`roq qilsam, munosabtlarni saqlab qolaman, deb o`ylasangiz, xato qilasiz. Kuzatuvchanligingiz, uning xatti-harakatlarini tahlil qilishingiz, o`zgarishlardan xavfsirashingiz juftingizning tinkayi madorini quritib yuborishi haqida o`ylab ham o`tirmaysiz. Uning fikru hayoli va ayniqsa, hayotini nazorat qilishga urinasiz. Hissiyotlarga bo`lgan ehtiyojingizni qondirish uchun ham bu tuyg`uga bot-bot murojaat qilaverasiz. Balki rashkning asl sababini bolalikdan izlab ko`rganingiz ma`quldir. Ehtimol o`sha paytlarda sizga etarlicha baho bermaganliklarining oqibatidir bu? Nima bo`lganida ham ichingizdan toshib chiqayotgan quvvatni to`g`ri yo`naltirsangiz, yoringiz bilan munosabatlaringiz yaxshilanadi. Doimiy ruhiy bosimdan qutilasiz.

MAFTUNA tayyorladi. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1