«Erim mendan sakkiz yosh katta. Qachon qarama «Ko`p narsaga aqling etmaydi, hali yoshlik qilasan» deb nasihat qilgani-qilgan. Uning yo`l-yo`riqlari, hatto, yotoqxonamizda ham tinmaydi...» «Meniki esa o`zim bilan tengdosh. Balki shungadir urishsak ham tezda yarashib olamiz. Keyin «nozik» munosabatlarda ham qarashlarimiz o`xshash...» «Tergab, yo`lga solib turgani yaxshi-da. Yoshi o`zingdan kichik bo`lsa, ayol ekaningni ham unutib qo`yarkansan, gohida...»
Bular to`qima «hikoya»lar emas, shifoxonada navbat kutayotib eshitganlarim, aslida. Er-xotin o`rtasidagi yosh tafovuti ehtimol kimgadir u qadar jiddiy ko`rinmas. Biroq aynan shuni deb, kelisha olmayotgan yoxud bir-birini hamon «anglash» bilan ovora bo`lgan oilalar ham yo`q emas oramizda. Xo`sh, buning sababi nima? Nozik munosabatlarga ta`siri bormi? Mavzuni hayotiy misollar yordamida tahlil qilishga urinib ko`ramiz.
Mutaxassis – androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV.
Tibbiyotda inson yoshi ikkiga ajratiladi. Biri organizmning biologik yoshi, ikkinchisi esa psixologik yosh. Aytaylik, yoshingiz 40da, ammo o`zingizni 30 yoshlardek his etasiz. Demakki, ko`rinishingiz ham shunga mos. Aslida, yosh nisbiy tushuncha. Biroq oilaviy munosabatlarda u muammoga sabab bo`lsa, albatta echimini topish zarur. Surishtiruvimizga ko`ra, aniqlangan holatlarni tahlil qila turib, ayollarga maslahat berishni lozim topdik. Negaligini esa sahifa so`ngida bilib olasiz.
TENGDOShLAR...
Yoshlikdan bir-biriga ko`ngil qo`ygan sinfdosh yoxud kollej, institutda tanishib, sevishib qolgan juftliksiz. Turmush qurguningizga qadar bir necha yil uchrashib yurib, bir-biringiz haqida to`liq ma`lumot olgansiz go`yo. Ammo bir oila bo`lib yashay boshlagach, tasavvurlaringiz boyiydi. To`g`ri, nozik munosabatlarda jiddiy muammongiz yo`q. Chunki qarashlaringiz o`xshash. Bu borada yagona to`siq – bir-biringizni tushunmasligingiz. U «er» maqomini istaydi, siz bo`lsa, «Qo`limdan kelganicha harakat qilayapman» «rejimi»ni ma`qul ko`rasiz. Xo`sh, «san-man»ingiz yotoqqacha kirib bormasligi uchun nima qilish lozim?
1-2-3 YoSh FARQ BO`LSA...
Psixologlar fikricha, er-xotin o`rtasidagi bunday yosh tafovuti eng ko`p uchraydigan holatlardan biri sanaladi. Ammo aynan mana shu oilalarda ehtiros va tushunmovchiliklar tengma-teng yurishi aytiladi. Sabab? Yosh tafovuti bir yilni tashkil qilgan juftliklar ko`pincha bir-birini tinglashmaydi. Er-xotin orasidagi yosh farqi ikki yil bo`lganlarda esa bir-biriga yon bosish taqchil. Uch yosh – bunda ko`pincha er-xotin munosabati ayol xarakteri va bilimdonligiga bog`liq. Xo`sh, «shaxsiy» hayotda-chi?
Keltirilgan holatlar tahmin bo`lishi ham mumkin. Ammo farazlarning ro`yobga chiqishi yoki aksincha xayollarda qolib ketishi o`zingizga bog`liq.
8-10 YoSh FARQ BO`LSA...
Turmush o`rtog`ingiz uylangunicha karera qilgan, «oyoqqa turib» so`ng oila qurgan yigitlardan. Hayot maktabida savodi chiqqanki, kezi kelganida nasihatlaridan «qoningiz» qaynaydi. O`zingizni xuddi yosh boladek sezasiz. Alam qilgani yolg`iz qolganingizda ham bu xis sizni tark etmaydi. Shuni deb, harakatlaringizni nazorat qilasiz, biror ishni noto`g`ri bajarishdan cho`chiysiz. Xo`sh, nega shunday? O`ylab ko`rganmisiz?
AYoL 3–4 YoSh KATTA BO`LSA-ChI?
Yuqoridagi vaziyatlarga qaraganda nisbatan kamroq uchrasa-da, bunday oilalarda ham muammolar yo`q emas. Norozilik ikki tarafdan ham chiqishi mumkin. Erkak o`ziga nisbatan hurmatsizlikdan nolisa, ayol istaklari amalga oshmayotganidan shikoyat qiladi. Aslida esa o`zaro uyg`unlikka erishish kerak, xolos.
«Nega bizga ko`zgu tutasiz, erkaklar-chi?» deya ranjimang. Juftingiz bosh bo`lsa, siz bo`yinsiz. Munosabatlarni yo`lga solishda bosh rol sizniki! Muhimi, ijroni bo`rttirib yubormang. Har qanday vaziyatda va har qachon juftingizni to`rga chiqaring. Shunda yutqazmaysiz!
MARJONA tayyorladi.
26.09.2021, 17:45
O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...23.08.2021, 16:08
Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...01.06.2021, 18:32
So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...27.05.2021, 16:56
AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...