AsosiyJamiyat

Farg‘onada 1 maydan suv narxi oshadi

Viloyatda ichimlik va oqava suv xizmatlari uchun yangi narxlar tasdiqlandi.

'Farg‘onada 1 maydan suv narxi oshadi'ning rasmi

Viloyat hokimligining xabar berishicha, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining 2025 yil 24 aprelda “Viloyat hududlarida suv ta’minoti va oqova suv tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda “Farg‘ona suvta’minot” MCHJ rahbarining viloyat hududlarida suv ta’minoti va oqova suv tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash yuzasidan tegishli xati, shuningdek, viloyat hokimligining xulosasi inobatga olingan.

Unga ko‘ra, 1 maydan boshlab narxlar quyidagicha bo‘ladi:

Bir metr kub ichimlik suvi narxi:

aholi uchun — 3448 so‘m (amalda — 2128 so‘m);

budjet va boshqa tashkilotlar uchun — 6944 so‘m (3350 so‘m).

Oqova suvi xizmatiga:

aholi uchun — 728 so‘m (amalda — 504 so‘m);

budjet va boshqa tashkilotlar uchun — 1736 so‘m (870 so‘m).

Bunda, ushbu narxlar QQSni hisobga olgan holda keltirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda talaba o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2025 19:19

    Buxoroda talaba o‘z joniga qasd qildi

    U o‘limidan oldin yozib qoldirgan xatida ota-onasidan kechirim so‘ragan.

    'Kelgusi haftada harorat 33 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2025 18:13

    Kelgusi haftada harorat 33 darajagacha ko‘tariladi

    “O‘zgidromet” yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishini prognoz qildi.

    'Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2025 12:40

    Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatildi

    O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari ularning Toshkentga qaytishiga ko‘maklashdi.

    'Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2025 11:30

    '1 maydan nimalar o‘zgaradi?'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2025 10:08

    1 maydan nimalar o‘zgaradi?

    Qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhi bilan tanishing.

    'Mavluda Asalxo‘jayeva og‘ir judolikka uchradi'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2025 09:12

    Mavluda Asalxo‘jayeva og‘ir judolikka uchradi

    Xonandaning turmush o‘rtog‘i vafot etdi.