AsosiySPORT

Jahon chempionati tarixidagi ochilish o'yinida ilk bor uchta qizil kartochka ko'rsatildi

Shu tariqa Jahon chempionatlari tarixida ochilish uchrashuvida ilk bor bir o‘yinning o‘zida uchta qizil kartochka qayd etildi.

'Jahon chempionati tarixidagi ochilish o'yinida ilk bor uchta qizil kartochka ko'rsatildi'ning rasmi

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish uchrashuvi mundiallar tarixidagi noyob statistik natija bilan yodda qoldi. Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda hakamlar uch nafar futbolchini maydondan chetlatdi.

Kecha, 11 iyun kuni Mexiko shahridagi “Azteka” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar Janubiy Afrika terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida braziliyalik hakam Uilton Sampayo Janubiy Afrika yarim himoyachisi Sfivelo Sitoleni to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan maydondan chetlatdi. Keyinchalik uning jamoadoshi Temba Zvane ham qizil kartochka oldi.

Bahsning 90+2-daqiqasida esa Meksika terma jamoasi sardori Sesar Montes ham maydonni muddatidan oldin tark etishga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa Jahon chempionatlari tarixida ochilish uchrashuvida ilk bor bir o‘yinning o‘zida uchta qizil kartochka qayd etildi.

Bundan avvalgi rekord 1990 yil Italiya mezbonlik qilgan mundialda o‘rnatilgan edi. Argentina va Kamerun terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish bahsida ikki nafar futbolchi maydondan chetlatilgan. O‘shanda kamerunlik Andre Kana-Biyik qizil kartochka olgan bo‘lsa, Benjamin Massing ikkinchi sariq kartochkadan keyin o‘yinni tark etgan.

Qizil kartochkalar soni bo‘yicha Jahon chempionatlari rekordi esa 2006 yilgi mundialga tegishli. Germaniyada o‘tgan musobaqaning Portugaliya va Niderlandiya o‘rtasidagi 1/8 final bahsida rossiyalik hakam Valentin Ivanov to‘rt nafar futbolchini maydondan chetlatgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'JCh-2026: Meksika va Janubiy Koreya g‘alaba bilan start oldi'ning rasmi

    SPORT Bugun 06:13

    JCh-2026: Meksika va Janubiy Koreya g‘alaba bilan start oldi

    Musobaqaning ochilish uchrashuvida mezbon Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

    'Jahon chempionati 3 ta qizil kartochka bilan boshlandi'ning rasmi

    SPORT Bugun 02:40

    Jahon chempionati 3 ta qizil kartochka bilan boshlandi

    Meksika ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

    ''ning rasmi

    SPORT 11.06.2026 12:51

    'AQSH Jahon chempionatida ishlaydigan somalilik hakamni mamlakatga kiritmadi'ning rasmi

    SPORT 09.06.2026 16:11

    AQSH Jahon chempionatida ishlaydigan somalilik hakamni mamlakatga kiritmadi

    U Jahon chempionati oʻyinini boshqaradigan tarixdagi ilk somalilik hakam boʻlishi kutilgan edi.

    'O‘zbekiston Niderlandiyaga so‘nggi daqiqalarda yutqazdi'ning rasmi

    SPORT 09.06.2026 02:49

    O‘zbekiston Niderlandiyaga so‘nggi daqiqalarda yutqazdi

    Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan bahs niderlandlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

    'O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga qo'shimcha to'lovlar berilishi mumkin'ning rasmi

    SPORT 08.06.2026 09:57

    O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga qo'shimcha to'lovlar berilishi mumkin

    Futbolchilar uchun mukofot pullari masalasi hali yakuniy hal etilmagan.