Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Axror Burxonov o‘zining Telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Axror Burxonovning yozishicha, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolgan.
“O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan”, — deyiladi izohda.
Shuningdek, u fuqarolarda faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishlarini so‘ragan.