AsosiyJamiyat

O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmonov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi O.Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

'O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi'ning rasmi

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik doirasida oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini kelishib oldilar.

Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha hamkorlik yuqori darajada ekanini ta’kidladilar: har yili konsullik masalalari yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, migratsiya sohasida ham yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan: O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishlash uchun tashkiliy jalb etish masalalarini tartibga solish yuzasidan ikki tomonlama ishchi guruh har oy muntazam yig‘ilishlar o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam maslahatlashuvlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishga, konsullik xizmatlari sohasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal qilishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Bularga fuqarolarning jo‘nab ketishidan oldingi til va kasbiy tayyorgarlik, ruxsat berish tartib-taomillarining bir qismini O‘zbekistonda amalga oshirish va qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash kabi masalalar kiradi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomoni Rossiya tomonining e’tiborini Rossiya Federatsiyasida O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishi va ularga nisbatan qo‘pol muomala holatlari haqidagi ko‘payib borayotgan xabarlarga qaratdi.

Bunday holatlar Rossiya hududida mehnat faoliyati olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini buzish hisoblanishi, bu huquq va erkinliklar esa yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, ko‘tarilgan masalani sinchkovlik bilan o‘rganish va O‘zbekiston tomonining xavotirlarini Rossiya Federatsiyasining tegishli vakolatli organlariga yetkazish zarurligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Rossiya fuqarolarining ikki mamlakat hududidagi huquq va erkinliklarini o‘zaro ta’minlash bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Итни сўйиб еган янгийўлликлар 10 суткага қамалди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:48

    Итни сўйиб еган янгийўлликлар 10 суткага қамалди

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida fuqarolarning itni boqib, so‘yib yegani bilan bog‘liq holat sudda ko‘rib chiqildi.

    'Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish va elekt bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish va elekt bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya tejash, binolarni modernizatsiya qilish va elekt energiyasi sohasida bozor mekanizmlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

    'Oʻzbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:50

    Oʻzbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.

    Haydovchi yoki yoʻlovchilarga tibbiy maʼlumotnoma asosida kamar taqmaslik ruxsat etiladi.

    'Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:19

    Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:13

    Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

    Jharkhand shtatining bir necha hududida odamlarga hujum qilgan yovvoyi fil hali ham qidirilmoqda.

    'Toshkentda “102”ga Trump ustidan qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:00

    Toshkentda “102”ga Trump ustidan qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro jarimaga tortildi

    Poytaxtda mast holatda IIVBga qo‘ng‘iroq qilib, AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan shikoyat qilgan shaxsga 1,2 million so‘mdan ortiq jarima tayinlandi.