AsosiyJamiyat

Toshkentda maktab direktori o‘quvchining sochini majburlab kalga oldirdi

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

'Toshkentda maktab direktori o‘quvchining sochini majburlab kalga oldirdi'ning rasmi

Qayd etilishicha, holat 2025 yilning 28 aprel kuni “Sharjah school” xususiy maktabida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-sinf o‘quvchisi J.G. sochini oldirish haqida maktab ma’muriyati tomonidan bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, maktab ichki tartib-qoidalariga bo‘ysunmagan holda sochlari o‘sgan holda kelishni davom ettirgan. 2025 yil 27 aprel kuni o‘quvchining ota-onasi maktabga chaqirtirilgan va ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Suhbat davomida o‘quvchining ota-onasi tomonidan ertaga farzandi maktabga sochi olingan holda kelishi, aks holda uning sochini olishga og‘zaki rozilik bildirishgan.

Ertasiga, ya’ni, 28 aprel kuni o‘quvchi J.G. maktabga sochining ikki yon tomoni olingani, lekin oldi tomoni olinmagan holda kelganligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, maktab direktori D.M. taekwondo murabbiyi D.A. ga o‘quvchi J.G. ning sochini olish bo‘yicha topshiriq bergan.

Bundan norozi bo‘lgan o‘quvchining ota-onasi joriy yilning 29 aprel kuni maktabga shikoyat qilib kelishgan. Shu kuni maktab direktori D.M., maktab psixologi M.F., taekvondo murabbiyi D.A. lar o‘quvchi J.G. ning uyiga borib, sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘quvchi va uning ota-onasidan uzr so‘ragan. Maktab psixologi tomonidan o‘quvchi J.G. bilan suhbat o‘tkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada giyohvand modda sotayotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:18

    Farg‘onada giyohvand modda sotayotganlar qo‘lga tushdi

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Poytaxtda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama shitlari, bannerlar va peshlavhalar olib tashlanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:44

    'Navoiyda ayanchli YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:09

    Navoiyda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

    YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

    'Quvaytdan O‘zbekiston tarixiga oid artefaktlar olib kelinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:44

    Quvaytdan O‘zbekiston tarixiga oid artefaktlar olib kelinadi

    Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi xabar berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:42

    'O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:39

    O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

    Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmonov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi O.Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.