Maqtalgan qiz... yaxshi bo`ladimi?

SUG'DIYONA 16.12.2016, 12:26
Teglar: Ayol, SUGDIYONA, Qiz
Maqtalgan qiz... yaxshi  bo`ladimi?

Xalqimiz bir narsani bilmasa gapirmaydi. Onasi maqtagan emas, yangasi maqtagan qizni ol, degan maqolni ham bejiz aytmagan. Chunki hech bir ona bolasini yomon demaydi. Yangalar esa qayinsingillarini maqtamaslikning iloji qolmagandagina maqtashadi. Risolada shunday. Ammo hayotda hamma narsa bo`lishi mumkin. Jumladan, qizini maqtamaydigan onalaru yomon qayinsingilni maqtaydigan yangalar ham. Quyida shularning dardini tinglaymiz va muhokama qilamiz.

 

«Xotinim qizimizni bozorga solishni yaxshi ko`radi»

– Qizim endigina 18 ga to`ldi. Ammo xotinim yotsa ham, tursa ham uni turmushga berish payida. Kim ko`rinsa, qizimizni maqtab, «kelin qilganning joni rohatda qoladi» deyaveradi. Nuqul qimmatbaho kiyimu taqinchoqlar bilan archani bezatgandek qizimizni yasantirib, to`y-hashamlarga olib boradi. Ammo biron hunar o`rgatish, o`qitish, uy-ro`zg`or ishlariga solish yoki odob-ahloqdan dars berishni bilmaydi. Men ko`p marta unga bu borada tanbeh beraman, ammo u «Mana ko`rasiz, qizimni zo`r joyga uzataman» degani degan. Axir gap faqat maqtab-maqtab uzatib olishda emas-ku. Qiz bola borgan joyida tinib-tinchishi uchun hozirdan zamin hozirlash kerak emasmi?

Farhod aka, Toshkent shahri.

Mulohaza: Otaning hadiklarida jon bor. Zamonamizning ko`p onalari chalingan kasallik bu. Ularning dardi qizlarini nima qilib bo`lsa ham boy-badavlat joyga uzatish. Qolgani o`z-o`zidan yaxshi bo`lib ketadi, deb xato o`ylashadi. Qizning kasb-hunar o`rganishi, ilm-fan egallashi, ro`zg`orni eplab ketishi muhim emasdek. Bilishmaydiki, badavlat xonadon uchun kelin ta`biga o`tirishmasa, boshqasini olish muammo emas. Pardoz-andozdan boshqasini bilmaydigan kelinni tarbiyalab o`tirgandan ko`ra boshqasiga almashtirish ma`qul-da. Maqtab-maqtab uzatgan bilan, ertaga u qiz kelin bo`lib borgan uyida o`sha maqtovlarni oqlay olmasa, o`zidan kutilgan ishlarni qilib berolmasa, nima bo`ladi? Axir, ortiqcha maqtov bilan onalar qizlarining zimmasiga ortiqcha mas`uliyat yukini ortayotganlarini nahot bilmasalar? Ba`zi onalar shundoq ham yaxshi qizlarini haddan ortiq maqtab sovchilarni cho`chitib yuborishlari ham mumkin. har kim ham ona o`z qizini me`yorda maqtashini tushunadi, albatta. Ammo faqat «mening qizim undoq, mening qizim bundoq, faqat shahzodalarga munosib» deyilaversa, sovchilarning ensasi qotadi yo qalbida rostan ham shundaymikan, degan shubha paydo bo`lishiga olib keladi. Onalar, qizlaringiz kelin bo`lib tushgan joyida tinib-tinchib ketsin, qiynalmasin desangiz ularni hadeb maqtamang, balki boshqalar maqtaydigan qilib qiz tarbiyalang.

 

«Onam meni maqtamaydi»

– Onam meni hech qachon maqtamaydi. Biron yaxshi ish qilsam, bir og`iz «barakalla, qizim» degan gapini kutaman. Boshqalar meni maqtasa, xursand bo`lish o`rniga, «Nima bo`pti? Maqtayvermang, taltayib ketadi» deydi. Dugonalarimning onasi hech nimani bilmaydigan, epsiz qizlarini chiroyli kiyintirib, maqtab-maqtab yaxshi joylarga uzatib yuborishdi. Mening onam esa hech qachon yaxshi kiyinishimni istamaydi. Uy-joyimiz bir ahvolda. Ta`rifimni eshitib kelgan sovchilar uyimizni ko`rib, aynib ketishyapti. Sovchilar bilan muomala qilish, ularga, mayli, oshirmay-toshirmay, borimni ta`riflab berishni ham bilmaydilar. Yoshim o`ttizga yaqinlashib boryapti. Baxtim ochilmayotganida onamni aybdor deb bilaman...

Sarvinoz, Sirdaryo viloyati

Mulohaza: Bu erda gap ona va qiz o`rtasidagi chuqur psixologik muammolarga borib taqaladi. Ayrim onalar tarbiyada qattiqqo`llikni ma`qul ko`radilar. Ammo har qanday qattiqqo`llik tagida bolaga nisbatan mehr turishi, u nohaqlikka, adolatsizlikka aylanib ketmasligi kerak. Yuqoridagi vaziyatda biroz shunday bo`lganga o`xshayapti. Farzandga o`zi munosib bo`lgan baho berilmagan. Tasavvur qiling, siz halol mehnat qildingiz. Ammo haqingizni berishmadi. Yaxshi ish qilganda maqtov eshitish bolaning haqi. Shu haq berilmasa, u bolaning qalbida qat-qat alamlarning yig`ilib borishiga olib keladi. Natijada, onasiga nisbatan qarama-qarshi qutbga o`tib olish, hamma narsada onani ayblash holati yuzaga keladi. Qizning baxti uy-joy yoki onasining og`zidan chiqadigan maqtovlar yo yaltir-yultir kiyimlarga bog`liq emas. Lekin buni anglashi uchun ona va qiz o`rtasida ayblovlar, alamlar yo`qolishi va toza, samimiy tuyg`ular paydo bo`lishi kerak. Buning uchun, avvalo, ona qiziga nisbatan munosabatini o`zgartirishi lozim. Beg`ubor, shod va o`ziga ishongan qizning baxti, albatta, ochiladi.

Endi qizga ikki og`iz nasihat. Qizim, bekorga onangizdan xafa bo`lyapsiz. Sizning baxtingiz onangizning emas, o`zingizning qo`lingizda. Onasi maqtamagan qizlarning ham baxti ochiladi, albatta. Faqat ular birovni ayblamaydilar, shunchaki o`zlari bilan uyg`unlikda yashaydilar. Alamzadalikni qo`ying, bu qiz bolaga bezak bo`lolmaydi. hayotga yorug` niyatlar bilan boqing. Ta`rifimni eshitib sovchilar kelyapti deyapsiz. Demak, sizda yaxshi fazilatlar bor. Uy-joyingizga qarab, kelin qiladiganlar nima keragi bor sizga? Yaxshi niyat qiling, o`zingizni qadrlaydigan odam topiladi, albatta.

 

«Yangasi maqtasa ham nobop qiz ekan»

— Bir uzoqroq qarindoshim qaynsinglisini rossa maqtadi. Tili shirin, qo`li shirin, o`zi chaqqon, ko`ngli toza, deb og`zidan bol tomdi. Yomon bo`lsa, yangasi maqtarmidi, deb kenjatoyimga kelin qiluvdim. Rosa chuv tushganim ma`lum bo`ldi. O`zi sovchilikka borganimda onasiga qizingizning ta`rifini rosa keltirishdi, deganimda duv qizarib oluvdi-ya. Yana bir og`iz maqtamadi ham. Keyin bilsam, Xudodan qo`rqadigan odam ekan. Kelinim mahallada dong`i ketgan janjalkash bo`lgani etmagandek, na ro`zg`or ishlarini bilar, na biron kasb-kori bor. Yangasi undan qutilish uchun maqtab-maqtab, menga «o`tkazgan» ekan. Tushganiga ikki oy to`lmay uyimdan tinchim yo`qoldi. O`g`lim uydan bezib qoldi. O`rtada farzand paydo bo`lmasdan ajrashib ketishdi...

Manzura aya, Namangan

Mulohaza: Ochig`i, bu vaziyatga sharhning o`zi ortiqcha. Onaxon aytganlaridek, chuv tushganlar. Faqat bir narsaga hayronman, kenjatoyni uylantirguncha anchayin tajriba egallagan bo`lsalar kerak. Nahotki bir odamning maqtovi bilan notanish qizni kelin qilib olaversalar? U ham emas, bu ham emas, taqdir. Ba`zida Yaratgan bizga shunday saboq beradi. Birovning maqtovi bilan umr savdosi qilinmaydi. So`raladi, surishtiriladi, kuzatiladi. Endi onaxon buni yaxshi biladilar.

«Maqtov – shirin og`u, shirin o`ldirar» deganda shoir Rauf Parfi haq edi. Maqtov asosan bor narsani oshirish, ko`pirtirish, ya`ni haqiqatga yolg`on aralashtirishdir. Rostni yolg`ondan ajratib olish uchun esa sovchilardan hayotiy tajriba, sinchkovlik va zehn talab qilinadi.

Kayvoni onaxon Marg`uba KOMILOVA maslahatlari asosida Shahnoza TO`RAXO`JAEVA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

16.12.2019, 11:35

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1