Qovurilgan baliq - yangicha usulda tayyorlaymiz!

SUG'DIYONA 16.12.2016, 14:32
Teglar: Taom, SUGDIYONA
Qovurilgan baliq - yangicha usulda tayyorlaymiz!

Zarur masalliqlar: 450-500 gr. suyaksiz baliq go`shti, yarim bog` kashnich ko`kati, 2 osh qoshiq zaytun yog`i, 4 osh qoshiq bodom mag`zi, yarimta piyoz, 1 osh qoshiq limon sharbati, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim bog` selderey ko`kati, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Bodom mag`zini 10 daqiqa qaynagan suvga solib qo`ying. So`ng suvidan ajratib, Har bir mag`izning po`stini arching.

2. Blenderga archilgan bodom mag`zi, maydalangan piyoz va sarimsoq piyoz, zaytun yog`i, kashnich, selderey hamda limon sharbatini solib, ezg`ilang.

3.  Katta bo`laklarga ajratilgan baliq go`shtini tuz va murch bilan marinadlab, pichoq yordamida har tarafidan chuqur bo`lmagan kesimlar hosil qiling. So`ng o`simlik yog`i solingan tovada ikki tarafini qizartirib qovuring.

4. Pishgan baliq go`shtini likopchaga solib, ustidan sousni tekislab quying va pomidor-bodring bo`laklari bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 35 daqiqa. 

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1