AsosiyDunyo

Olimlar Yerda kichik muzlik davri boshlanishini ogohlantirmoqda

40 yildan keyin Yerda iqlim sovishi boshlanishi mumkin.

'Olimlar Yerda kichik muzlik davri boshlanishini ogohlantirmoqda'ning rasmi

Rossiya va Finlyandiya olimlarining qo‘shma tadqiqoti natijalariga ko‘ra, insoniyat 40 yil ichida yangi kichik muzlik davriga duch kelishi mumkin. Bu haqida zamon.uz ilmiy “Geosciences” jurnalida e’lon qilingan maqolaga tayanib ma’lumot berdi.

Tadqiqot Rossiya Fanlar akademiyasining Kola ilmiy markazi hamda Finlyandiya tabiiy resurslar instituti mutaxassislari tomonidan olib borilgan. Olimlar daraxt halqalarining 7600 yillik xronologiyasini chuqur o‘rgandilar va sun’iy intellektdan foydalangan holda Yerdagi iqlim tsikllarini tahlil qilishgan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2063–2073 yillar oralig‘ida global sovish davri boshlanishi ehtimoli katta.

Mutaxassislar bu jarayonning asosiy sabablarini quyosh faolligining kamayishi va vulqon faolligining kuchayishi bilan bog‘lashmoqda. Quyoshdagi jarayonlar global haroratga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, quyosh dog‘larining kamayishi Yer atmosferasiga yetib keladigan energiya miqdorini pasaytiradi.

Shuningdek, global isish jarayonini vaqtincha sekinlashtiruvchi bu omil, uzoq muddatda insoniyatga yangi iqlim muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Muzlik davrlar Yer tarixida har 300–400 yilda qaytarilib turadi va bu navbatdagi bosqich sifatida ko‘rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyaning yashirin neft kemalari fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2025 12:27

    Rossiyaning yashirin neft kemalari fosh etildi

    Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi.

    'Rossiya Ukrainaga yana dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2025 11:22

    Rossiya Ukrainaga yana dronlar bilan hujum qildi

    Bildirilishicha, Rossiya tomonidan mamlakatga 150 dron va 70 artilleriya hujumi amalga oshirilgan.

    'Tramp Zelenskiyga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2025 10:25

    Tramp Zelenskiyga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi

    Bu haqida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukraina rahbari bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda aytgan.

    'YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2025 00:09

    YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin

    Bojlarning qiymati 95 milliard yevroga teng bo‘lishi aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:53

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:10

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

    Ushbu yordam paketi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanadi.