AsosiyDunyo

Hindistonda yo‘lovchi va yuk poyezdlari to‘qnashdi

To'qnashuv oqibatida 11 kishi halok bo'ldi, 20 kishi jarohat oldi.

'Hindistonda yo‘lovchi va yuk poyezdlari to‘qnashdi'ning rasmi

Hindistonning Chhattisgarh shtatida yo‘lovchi va yuk poezdlari to‘qnashdi, oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi poezd harakatsiz turgan yuk poezdiga urilgan. Oldingi vagonlar jiddiy shikastlangan va hatto ikkinchi poezdning ustiga chiqib qolgan. Hodisa joyiga tez yordam va tibbiy brigadalar yetib borib, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatgan. Qutqarilganlar orasida chaqaloq ham bor.

Hodisa oqibatida elektr tarmog‘i va signal tizimi zarar ko‘rgan, bu poezdlar harakatini to‘xtatgan. Tergov ishlari boshlandi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashinist favqulodda tormozni vaqtida bosa olmagan.

    Boshqa yangiliklar