"Associated Press"ning xabar berishicha, voqea Mexikoning tarixiy markazida sodir boʻlgan. Prezident Claudia Sheinbaum odamlar bilan muloqotda boʻlgan paytda, mast holatdagi erkak orqasidan yaqinlashib, unga teggan.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak Prezidentni oʻpish uchun egilayotgandek koʻringan, shu paytda u qoʻllari bilan Sheinbaumga teggan.
Prezident esa vaziyatni sokinlik bilan bartaraf etib, erkakni muloyimlik bilan chetga surgan va yuzidagi tabassum bilan "Havotir olmang", degan.
Hukumat vakillaridan biri vaziyatga aralashgan boʻlsa-da, Prezident maʼmuriyati hodisa yuzasidan hali izoh bermagan.
Maʼlumot uchun, Sheinbaum oʻzidan oldingi rahbar Andres Manuel Lopez Obrador singari xalq bilan yaqin muloqotda boʻlishni maʼqul koʻradi. U tez-tez odamlar orasiga kirib, suratga tushadi va qoʻl berib salomlashadi.
Bu safar esa uning xavfsizlik xizmati voqeadan keyingina faollik koʻrsatgan.






